add

Rossiya dunyodagi eng yuqori QQS stavkalariga ega 20 ta mamlakat qatoriga kiradi

Bugun 08:582892

2026 yilda Rossiyada QQSning 22 foizgacha oshirilishi mamlakatni dunyodagi eng yuqori qiymat qo‘shilgan soliq stavkalariga ega davlatlar qatoriga olib chiqadi.

Rossiya dunyodagi eng yuqori QQS stavkalariga ega 20 ta mamlakat qatoriga kiradi

Rossiyada 2026 yildan amalga kirishi rejalashtirilgan QQS stavkasini 20 foizdan 22 foizga oshirish qarori mamlakatni dunyodagi eng yuqori soliq yuklamasiga ega davlatlardan biriga aylantiradi. Bu haqda Gaydar instituti ekspertlari ma’lum qildi.

Qiymat qo‘shilgan soliq mamlakat federal byudjeti daromadlarining qariyb 40 foizini ta’minlaydi. U 2019 yilgacha 18 foiz bo‘lgan bo‘lsa, keyin 20 foizgacha oshirilgan, endi esa yana ikki foizga ko‘tariladi. Ekspertlar hisob-kitobiga ko‘ra, shundan keyin QQS darajasi bo‘yicha Rossiya faqat Vengriya (27 foiz), Daniya, Xorvatiya va Shvetsiya (25 foiz), Finlandiya, Estoniya va Gretsiya (24 foiz), Slovakiya va Irlandiya (23 foiz)dan keyinga joylashadi.

Yevropaning yirik iqtisodiyotlarida bu ko‘rsatkich ancha past — Fransiyada 20 foiz, Germaniyada 19 foiz. Shu bilan Rossiya Yevropa ittifoqiga kirmaydigan davlatlar orasida QQS bo‘yicha yetakchiga aylanadi. Urugvayda ham stavkaning ayni darajada — 22 foiz ekani qayd etilgan. Masalan, Xitoyda QQS 13 foiz, O‘zbekistonda 12 foiz, Yaponiyada — 10 foiz, BAAda esa atigi 5 foizni tashkil etadi.

VAT world 1

Rossiya Moliya vazirligi yangi QQS orqali byudjetga qo‘shimcha 1,4 trln rubl yig‘ishni rejalashtirgan. Bu mablag‘ning katta qismi mamlakat harbiy xarajatlariga yo‘naltirilishi kutilmoqda — hozir har uchinchi rubl mudofaa ehtiyojlariga sarflanmoqda. Byudjet taqchilligi 2025 yilda 5,7 trln rublga yetdi, kelgusi yilda esa 3,8 trln rubl darajasida bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Biroq Gaydar instituti ekspertlari soliqni oshirish iqtisodiyotga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida ogohlantirmoqda. Ularga ko‘ra, QQSning ko‘tarilishi qisqa muddatli inflyatsiyani kuchaytiradi, ichki iste’molni cheklaydi va aholi hamda biznes xarid qobiliyatini pasaytiradi. Bu natijada davlat byudjeti rejalashtirilganidan 600 mlrd rubl kamroq daromad olishi mumkin.

Iqtisodchi Sofya Donets Rossiya «soliq spirali» xavfi ostida turiganini ta’kidlagan:

«Soliqlarni ko‘tarib, ko‘proq yig‘ishni xohlaysiz, lekin natijada iqtisodiyot sekinlashadi va daromad yana kamayadi. Bu tendensiya 2026 yilda yanada kuchayishi mumkin», — dedi u.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiya dunyodagi eng yuqori QQS stavkalariga ega 20 ta mamlakat qatoriga kiradi | Vaqt.uz