add

Rossiya Ilon Maskka siyosiy boshpana berish masalasini bir oyda ko‘rib chiqadi

20.06.2025 | 14:4045573

Gosduma vitse-spikeri Vladislav Davankov ma’lum qilishicha, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ilon Maskka siyosiy boshpana berish bo‘yicha rasmiy so‘rovni qabul qilgan. Qaror taxminan bir oy ichida chiqarilishi kutilmoqda.

Rossiya Ilon Maskka siyosiy boshpana berish masalasini bir oyda ko‘rib chiqadi
Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Rossiya Davlat Dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankov «Yangi odamlar» partiyasi nomi bilan Ilon Maskka Rossiyada siyosiy boshpana berish haqidagi taklifni e’lon qildi. Uning ta’kidlashicha, partiyaning rasmiy so‘rovi Tashqi ishlar vazirligiga yuborilgan va javob bir oy muddatda kutilyapti. Davankov Maskning ba’zi xatolarini tan olgan holda, uni afv etish mumkinligini aytib o‘tdi. «U juda texnologik, vizioner inson. Agar qolmaydigan bo‘lsa, biz uni doimo kutib qolamiz», — dedi u. Avvalroq Ilon Maskning otasi Errol Mask G‘arb davlatlarini Rossiyani «qo‘rquv ramzi» sifatida namoyish qilib, aholini nazoratda ushlashga urinishda ayblagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya haqidagi tahdidlar — real xavf emas, balki siyosiy vosita. Bundan tashqari, Ilon Mask AQSH prezidenti Donald Tramp haqida qilgan tanqidiy postlari uchun afsusda ekanini bildirgan. Tramp esa uning bu izhorini «juda yoqimli» deb baholadi. Mask avvalroq davlat xarajatlarini qisqartirishga oid qonun loyihasini tanqid qilib, uni «ijgir» deb atagan va iqtisodiy oqibatlarini bashorat qilgandi. Siyosatshunos Malek Dudakov fikriga ko‘ra, Mask 2026 yilga kelib yana Respublikachilar partiyasini qo‘llab-quvvatlashga qaytishi va siyosiy sahnaga chiqishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid