add

Rossiya kvota asosida ishlayotgan muhojirlarni imtihondan ozod qildi

27.05.2025 | 16:2017443

Hukumat maxsus kvota bilan ishga kelayotgan mehnat muhojirlarini rus tili va qonunchilik imtihonlaridan ozod etuvchi qarorni tasdiqladi.

Rossiya kvota asosida ishlayotgan muhojirlarni imtihondan ozod qildi
Rossiya hukumatining yangi qaroriga ko‘ra, mehnat kvotasi asosida mamlakatga kirib kelayotgan va faqat belgilangan kompaniyalarda ishlaydigan muhojirlar rus tili, tarix va qonunchilik bo‘yicha test topshirishdan ozod qilinadi. Bu tartib Xitoy, Hindiston, Serbiya, Turkmaniston va Turkiya fuqarolari uchun mo‘ljallangan. Ushbu mehnat muhojirlari rusiyalik korxonalar taklifi asosida ishga qabul qilinadi va faqat shu kompaniyalarda faoliyat yuritadi. Tegishli qonun loyihasi Rossiya Ta’lim va fan vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, hukumat tomonidan ma’qullangan. TASS axborotiga ko‘ra, 2025 yil uchun mehnat muhojirlari uchun 234 958 ta kvota ajratilgan. Qaror, asosan, infratuzilma va sanoat sohalaridagi ehtiyojlarni qoplashni ko‘zlaydi. Shu bilan birga, Rossiyada ishlash patenti, yashash uchun ruxsat yoki fuqarolik olishni istaganlar uchun rus tili, tarix va huquq asoslaridan test topshirish talabi hanuz saqlanib qolmoqda. Bundan tashqari, 2025 yil aprelidan boshlab Rossiya maktablariga qabul qilinadigan muhojir bolalar ham rus tilidan imtihon topshirishlari lozim bo‘ladi. Testdan o‘ta olmagan bolalar maktabga qabul qilinmaydi.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiya kvota asosida ishlayotgan muhojirlarni imtihondan ozod qildi | Vaqt.uz