add

Rossiya maktablarida migrant bolalar uchun o‘qish pulli bo‘lishi mumkin

12.08.2025 | 17:3038124

Rossiya Davlat dumasiga chet ellik maktab o‘quvchilari uchun ta’limni pulli asosga o‘tkazishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi kiritildi.

Rossiya maktablarida migrant bolalar uchun o‘qish pulli bo‘lishi mumkin
Rossiya Davlat dumasi deputatlari mamlakatdagi chet elliklar uchun maktab ta’limini pulli etish haqidagi qonun loyihasini parlamentga taqdim etdi. RIA Novosti xabariga ko‘ra, hujjat Duma elektron bazasida joylashtirilgan. Loyihada «Rossiya Federatsiyasida ta’lim to‘g‘risida»gi federal qonunning 78-moddasiga o‘zgartish kiritish taklif qilingan. Unga muvofiq, chet el fuqarolariga maktabgacha, boshlang‘ich, asosiy va o‘rta umumiy, shuningdek, o‘rta maxsus ta’limni faqat pulli asosda olish huquqi beriladi. Pulli ta’lim xizmatlari uchun to‘lovlar jismoniy yoki yuridik shaxslar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Bu to‘lovlar ta’lim muassasasi bilan tuzilgan shartnoma asosida o‘rnatiladi. Loyihaning izoh yozuvida ta’kidlanishicha, mazkur tashabbus Rossiyadagi ta’lim tizimi xarajatlarini optimallashtirish va davlat mablag‘laridan samarali foydalanishga qaratilgan. Shuningdek, u chet ellik o‘quvchilar ta’limi bo‘yicha yagona huquqiy mexanizm yaratishni maqsad qiladi. Qonun loyihasi hali Davlat dumasi qo‘mitalari va deputatlar tomonidan muhokama qilinadi. U qabul qilinsa, Rossiya maktablarida chet elliklar ta’limi shartnoma asosida pulli tarzda tashkil etiladi. Avvalroq, Rossiya Davlat Dumasidagi «Yangi odamlar» fraksiyasi rahbari Aleksey Nechayev boshchiligidagi deputatlar guruhi ham Rossiyada migrant bolalar uchun pulli ta’lim joriy etishni taklifini bergan edi. Migrant bolalarning ko‘pchiligi rus tilini yaxshi bilmasligi sababli ta’lim jarayonida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani, bu esa umumiy o‘quv muhitini sekinlashtirayotgani aytilgan.

Teglar

Mavzuga oid