add

Rossiya «Novorossiysk» suvosti kemasidagi yirik avariyani yashirmoqda

27.09.2025 | 22:3034273

O‘rta Yer dengizida «Novorossiysk» suvosti kemasida yoqilg‘i tizimida jiddiy nosozlik yuz berdi. Moskva voqeani yashirayotgani iddao qilinmoqda.

Rossiya «Novorossiysk» suvosti kemasidagi yirik avariyani yashirmoqda
Rossiyaning Qora dengiz flotiga tegishli «Novorossiysk» suvosti kemasi O‘rta Yer dengizi akvatoriyasida xizmat bajarayotgan paytida yirik texnik nosozlikka uchradi. Manbalarga ko‘ra, yoqilg‘i tizimi shikastlanib, goryucheye to‘g‘ridan to‘g‘ri tryumga oqmoqda. Bu nafaqat kemaga topshirilgan vazifalarni risoladagidek bajarishga imkon bermaydi, balki ekipaj xavfsizligi uchun ham katta tahdid tug‘diradi. Voqea flot uchun haqiqiy katastrofa sifatida baholanmoqda, chunki bortda ta’mir uchun zarur ehtiyot qismlar va mutaxassislar yo‘q. Ekipaj muammoni mustaqil hal qila olmayapti, shu sababdan yoqilg‘ini dengizga tashlab, portlashning oldini olishga majbur bo‘lishi mumkin. Bu Rossiya floti bilan bog‘liq yagona yashirilgan holat emas. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil 7 avgust kuni Temryuk ko‘rfazida 41-brigadaga qarashli «Vishniy Volochyok» raketa kemasi xizmat davomida fuqarolik tankeri bilan to‘qnashgan. Kema qattiq zarar ko‘rgan, ammo qo‘mondonlik voqeani «dron hujumi oqibati» sifatida ko‘rsatgan. Keyingi suratlar esa butunlay aksini — kemaning katta talafot ko‘rganini ko‘rsatgan.

Teglar

Mavzuga oid