add

Rossiya O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga gaz uzatishni 15 foizga oshirgani ma’lum qilindi

10.10.2025 | 08:2223553

«Gazprom» rahbari Aleksey Millerning ma’lum qilishicha, 2025 yil boshidan Rossiya Markaziy Osiyoning uch davlatiga gaz eksportni 15 foizga oshirgan.

Rossiya O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga gaz uzatishni 15 foizga oshirgani ma’lum qilindi
Rossiya 2025 yil boshidan buyon O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga tabiiy gaz yetkazib berish hajmini 15 foizga oshirdi. Bu haqda «Gazprom» boshqaruv raisi Aleksey Miller Sankt-Peterburg xalqaro gaz forumidagi plenar sessiyada ma’lum qildi. Millerning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lib, yaqin besh-olti yil ichida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston iqtisodiyoti umumiy hisobda 60 foizga o‘sishi mumkin. Bu esa energiya va gaz iste’molining keskin ko‘payishiga olib kelishi kutilmoqda.
«Biz 2025 yilning sakkiz oylik natijalarini o‘tgan yilning shu davri bilan taqqosladik. Markaziy Osiyoga, ya’ni O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga rossiyalik gaz yetkazib berish hajmi 15 foizga oshdi. Bu katta ko‘rsatkich», — dedi Miller.
Shuningdek, u Xitoyga yo‘naltirilgan «Sibir qudrati-2» magistral gaz quvurini Markaziy Osiyo mamlakatlariga gaz yetkazib berishni ko‘paytirishdagi muhim omil sifatida tilga oldi. Ma’lumot uchun, joriy yilning dastlabki sakkiz oyida O‘zbekiston Turkmaniston va Rossiyadan gaz import hajmini 27,9 foizga qisqartirgan — miqdor 885,9 mln dollarni tashkil etdi. Shundan apreldan buyon oylik import 100 mln dollardan oshib, iyunda esa rekord daraja — 286,3 mln dollarga yetgan.

Teglar

Mavzuga oid