add

«Rossiya radikallarcha barcha tinchlik tashabbuslarini rad etmoqda» — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya barcha xalqaro va ikki tomonlama tinchlik tashabbuslarini rad etayotganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Moskva hamon aholiga qarshi hujumlar bilan shug‘ullanishda davom etmoqda.

«Rossiya radikallarcha barcha tinchlik tashabbuslarini rad etmoqda» — Zelenskiy
5 iyun kuni kechqurungi videomurojaatida Zelenskiy Rossiya Ukrainaning Chernigiv oblastidagi Priluki shahriga qilgan dron hujumi natijasida ukrainalik qutqaruvchining oilasi halok bo‘lganini aytdi. Shuningdek, Xarkiv, Sumi, Donetsk, Nikopol, Zaporijjya va Xerson oblastlarida ham hujumlar amalga oshirilganini qayd etdi. «Afsuski, dunyo jamoatchiligi ularga bunday harakatlarga yo‘l qo‘yayotgani achinarli», — dedi Zelenskiy. Ukraina prezidentmning ta’kidlashicha, bugungi kunda Rossiyaga maqbul bo‘lgan birorta tinchlik taklifi qolmagan. Shu bilan birga, Zelenskiy Ukrainaga ko‘rsatilayotgan xalqaro siyosiy va harbiy yordam uchun minnatdorlik bildirdi. U Vashingtonda o‘tayotgan Ukraina delegatsiyasining AQSH rasmiylari, jurnalistlar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvlarini ta’riflab, ularning qo‘llab-quvvatlayotganini ta’kidladi. Ukraina prezidenti Rossiyaning harbiy xatti-harakatlari uchun javobgarlikka tortilishi kerakligini ta’kidlar ekan, xalqaro hamjamiyatni qat’iy harakatlar qilishga chaqirdi.  

Teglar

Mavzuga oid

«Rossiya radikallarcha barcha tinchlik tashabbuslarini rad etmoqda» — Zelenskiy | Vaqt.uz