add

Rossiya samolyotlari Estoniya havo hududini buzdi, NATO qiruvchilari havoga ko‘tarildi

19.09.2025 | 21:0037113

19 sentyabr kuni Rossiyaning uchta MiG-31 qiruvchisi Estoniya havo hududini buzib, Tallin yaqinida parvoz qildi.

Rossiya samolyotlari Estoniya havo hududini buzdi, NATO qiruvchilari havoga ko‘tarildi
Bugun, 19 sentyabr kuni Rossiyaning uchta MiG-31 qiruvchisi Estoniya havo hududini buzib, mamlakat poytaxti Tallinga yaqinlashgani haqida Politico nashriyoti vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar berdi. Samolyotlar Estoniya havo hududiga taxminan 9 km chuqurlikka kirib, u yerda 12 daqiqacha qolgan. Shimoliy Atlantika alyansining Italiya F-35 qiruvchi samolyotlari ularni chiqarib yuborish uchun havoga ko‘tarilgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, MiG-31 lar og‘ir tutqich samolyotlar bo‘lib, Rossiyaning «Kinjal» gipertovushli raketalarini tashishga qodir. Bu voqea NATOning sharqiy chegarasida jiddiy keskinlikni keltirib chiqardi. «Juma kuni ertalab Rossiya Qurolli kuchlarining uchta MiG-31 qiruvchi samolyoti deyarli 12 daqiqa davomida Estoniyaning Vayndlo oroli yaqinidagi Fin ko‘rfazi hududida havo makonida bo‘ldi», - deyiladi Estoniya Qurolli kuchlari bayonotida. Qiruvchi samolyotlarda parvoz rejasi bo‘lmagan, ularning transponderlari esa o‘chirilgan edi. Shuningdek, ular Estoniya aviatsiya boshqarmasi bilan ikki tomonlama aloqa o‘rnatmagan. Estoniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning mamlakatdagi vaqtinchalik vakilini chaqirib, hodisa yuzasidan norozilik bildirdi va nota topshirdi. «Joriy yilda Rossiya to‘rt marta Estoniya havo hududini buzdi, bu qabul qilib bo‘lmas holatdir. Ammo bugungi hodisa, Rossiyaning uchta qiruvchi samolyoti bizning havo hududimizga kirishi mislsiz keskin harakat hisoblanadi», - dedi Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Sahkna. Politico ning manbalariga tayanib yozishicha, NATO qo‘mondonligi Estoniya havo hududi buzilishiga javoban Italiyaning F-

Teglar

Mavzuga oid