add

Rossiya tashqi savdoda G‘arbni emas, do‘stona davlatlarni tanlamoqda

Bugun 09:005751 Daqiqa

2021 yilda Rossiyaning savdo stog‘ida G‘arb davlatlari ulushi 80 foiz bo‘lgan bo‘lsa, endi ushbu ulush do‘stona davlatlar foydasiga to‘liq o‘zgardi.

Rossiya tashqi savdoda G‘arbni emas, do‘stona davlatlarni tanlamoqda

Rossiya xalqaro savdo va moliyaviy operatsiyalarda G‘arbdan yuz o‘girib, asosiy yo‘nalishni do‘stona deb atalayotgan davlatlarga burdi. Rossiya Federal soliq xizmati rahbari Daniil Yegorovning aytishicha, 2021 yilda xalqaro operatsiyalarning 80 foizi G‘arb davlatlari bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, hozir bu raqam to‘liq teskari ko‘rinishga kelgan.

«Endi xalqaro moliyaviy operatsiyalarning 80 foizi do‘st mamlakatlar bilan amalga oshirilmoqda, faqat 20 foizi esa G‘arb bilan bog‘liq. Iqtisod qayta qurildi», — dedi Yegorov RF prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv chog‘ida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya byudjeti barqaror holatda qolmoqda va neft-gazdan tashqari daromadlar endi asosiy manbaga aylangan. Yilning o‘n oyi mobaynida 49 trln rubl (taqriban 619,5 mlrd dollar) budjet daromadlari qayd etilgan va shundan faqat 30 foizi neft-gaz sohasidan tushgan.

Shuningdek, Yegorovga ko‘ra, Rossiya kompaniyalari Birlashgan Arab Amirliklarida 1 trln rubldan ortiq aktivlarga ega. BAA bu borada yetakchi davlatga aylangan.

Rossiya G‘arb sanksiyalari sharoitida tashqi savdo va moliyaviy infratuzilmasini qayta yo‘naltirib, do‘st deb sanalgan davlatlar bilan operatsiyalarni kengaytirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiya tashqi savdoda G‘arbni emas, do‘stona davlatlarni tanlamoqda | Vaqt.uz