add

Rossiya temir yo‘l tizimi bankrotlik yoqasida turibdi — Ukraina razvedkasi

15.06.2025 | 09:3012703

Rossiya temir yo‘llarida yuk tashish hajmi 20 oydan beri uzluksiz kamaymoqda. Qariyb 300 ming bo‘sh vagon temir yo‘lda qimirlamay turibdi. Bu holat tizimni iqtisodiy tanazzulga olib kelmoqda.

Rossiya temir yo‘l tizimi bankrotlik yoqasida turibdi — Ukraina razvedkasi
Ukraina Tashqi razvedka xizmatining (SVR) 14 iyun kuni e’lon qilingan ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya temir yo‘l tizimi (RJD) iqtisodiy va kadrlar tanqisligi sabab bankrotlik xavfi ostida qolmoqda. So‘nggi 20 oy ichida yuk tashish hajmi izchil kamayib bormoqda. Faqat o‘tgan yili pasayish 4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning besh oyida bu ko‘rsatkich 7 foizdan oshib ketgan. Ayni paytda temir yo‘l tizimida taxminan 300 ming vagon — bu umumiy parkning 20 foiziga yaqin qismini tashkil etadi — foydalanilmayapti. Bu esa ishlab chiqarish samaradorligiga jiddiy zarba bermoqda. Muammolarning asosiy sabablaridan biri — ishchi kuchi yetishmovchiligi hisoblanadi. Mobilizatsiya, aholining xorijga chiqib ketishi va mehnat migrantlari oqimining kamayishi sabab RJDda minglab ishchi o‘rinlari bo‘sh qolmoqda. Xususan, kompaniya 2,5 ming mashinist va 3 mingga yaqin boshqa mutaxassislarga muhtoj. Texnik holat ham og‘ir — 20 mingga yaqin lokomotivning yarmidan ko‘prog‘i yoshi o‘tgan va yangilanishni talab qilmoqda. Ammo vagon va lokomotiv parklarini 2035 yilgacha to‘liq yangilash uchun har yili 3–3,5 mlrd dollar investitsiya talab etiladi. Kompaniya bunday mablag‘larga ega emas. Moliyaviy qiyinchiliklar oqibatida RJD yirik infratuzilma loyihalarini qisqartirishga majbur bo‘ldi. Jumladan, Baykal-Amur va Transsibir magistrallarini kengaytirish uchun ajratiladigan mablag‘lar uchdan ikki qismiga kamaytirildi. Shuningdek, Yevropa portlariga yo‘naltirilgan loyihalar ham vaqtincha to‘xtatilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiya temir yo‘l tizimi bankrotlik yoqasida turibdi — Ukraina razvedkasi | Vaqt.uz