add

Rossiya Ukrainaga ballistik zarba berdi

25.06.2025 | 19:409543

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga yana bir yirik raketalar hujumi uyushtirdi. Hujum oqibatida Dnepr shahrida kamida 9 kishi, Dnepropetrovsk oblastning Samara shahrida yana ikki kishi halok bo‘ldi.

Rossiya Ukrainaga ballistik zarba berdi
Dnepropetrovsk oblast harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Lisakning ma’lum qilishicha, jarayonda yaralanganlar soni tez sur’atda oshib bormoqda va bu ko‘rsatkich 100 nafardan oshib ketgan. Lisakning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar orasida kamida o‘nta bola bor. Keyinchalik rasmiy manbalar halok bo‘lganlar soni 17 nafarga, yaralanganlar soni esa 279 nafarga yetganini ma’lum qildi. Ukraina Davlat favqulodda vaziyatlar xizmatiga ko‘ra, Rossiyaning bu hujumi natijasida fuqarolik infratuzilmalari, jumladan, yotoqxona, sport zali va ma’muriy binolarga katta zarar yetgan. Bundan tashqari, poyezdga ham shikast yetgani va uning yo‘lovchilari yaralangani qayd etildi. Ukraina temir yo‘l kompaniyasi «Ukrzalіznitsya» Rossiya hujumi paytida poyezd portlash to‘lqinidan jabrlanganini tasdiqladi. Xususan, 52-sonli «Odessa – Zaporoje» poyezdi shikastlangan. Kompaniya ma’lumoticha, Dneprda yo‘lovchilarni Zaporojega yetkazish uchun maxsus transport tashkil etilgan. Keyingi rasmiy ma’lumotlarda poyezd yo‘lovchilari va temir yo‘l xodimlari orasida halok bo‘lganlar yo‘qligi tasdiqlandi, ammo yaralanganlar soniga aniqlik kiritilmagan. Shuningdek, 24 iyunga o‘tar kechasi Sumы oblastidagi Verxnesirovatskaya mahallasida Rossiya dronlari orqali amalga oshirilgan hujum oqibatida uch kishi, jumladan, sakkiz yoshli bola halok bo‘ldi. Ma’lumot uchun, Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzini to‘rt yildan buyon davom ettirmoqda. So‘nggi hujum paytida Rossiya Ukraina hududiga 97 ta «Shaxed» turidagi dron yuborgan.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiya Ukrainaga ballistik zarba berdi | Vaqt.uz