add

Rossiyada 770 ming migrant deportatsiya qilinishi mumkin

14.10.2025 | 08:5834583

Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar haydovchilik guvohnomasi ololmaydi, transport boshqara olmaydi, ko‘chmas mulk yoki avtomobil xarid qilishi yoki sotishi mumkinmas, nikoh tuza olmaydi hamda bank hisob raqami ochish huquqidan mahrum bo‘ladi.

Rossiyada 770 ming migrant deportatsiya qilinishi mumkin
Rossiyada 2025 yil 5 fevraldan boshlab migratsiya qoidalarini buzgan xorijliklar maxsus reyestrga kiritila boshlandi. Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodinning ta’kidlashicha, 1 sentyabr holatiga ko‘ra, IIV nazoratidagi shaxslar soni 770 ming nafarga yetgan. Ular orasida ayollar va bolalar ham mavjud. Volodinning so‘zlariga ko‘ra, ushbu shaxslarga nisbatan «chiqarib yuborish rejimi» amal qiladi. Ushbu tizim migratsiya tartibini buzgan fuqarolarni mamlakatdan chiqarish va Rossiya hududida qonuniy ravishda yashashga ruxsat olmaganlarni nazorat qilishni ko‘zda tutadi. Joriy yilning sakkiz oyi davomida Federal sud ijrochilari xizmati qariyb 35 ming xorijlikni migratsiya qonunchiligini buzgani uchun mamlakatdan chiqargan. Ro‘yxatga kiritilgan shaxslar qator cheklovlarga duch keladi. Ular haydovchilik guvohnomasi ololmaydi, transport boshqara olmaydi, ko‘chmas mulk yoki avtomobil xarid qilishi yoki sotishi mumkinmas, nikoh tuza olmaydi hamda bank hisob raqami ochish huquqidan mahrum bo‘ladi. Vyachelav Volodinning ta’kidlashicha, Rossiyada bo‘lish maqomini qonuniylashtirmagan har bir fuqaro ketish sanasi va yo‘nalishini rasman ma’lum qilib, mamlakatni tark etishi kerak. Aks holda, ular jarima va majburiy deportatsiya choralariga duch keladi. Bunday holda migrantning Rossiyaga qayta kirishi kamida besh yilga taqiqlanadi. Unga ko‘ra, yangi tizim migratsiya sohasida tartib o‘rnatish va chet el fuqarolari tomonidan qonunlarga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan.

Teglar

Mavzuga oid