add

Rossiyada «borshch inflyatsiyasi»: piyoz va karam 50 foizdan ortiq qimmatlashdi

22.05.2025 | 18:2010093

Rossiyada oziq-ovqat inflyatsiyasi yangi bosqichga ko‘tarildi — piyoz, karam va kartoshka narxlari keskin oshib, aholi xarajatlari qaytadan oziq-ovqat mahsulotlariga qaratilayapti. Sabab — hosil kamayishi, xavfli ob-havo va ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi.

Rossiyada «borshch inflyatsiyasi»: piyoz va karam 50 foizdan ortiq qimmatlashdi
Rossiyada «borshch to‘plami» tarkibidagi sabzavotlar narxi 2025 yilning may oyiga kelib keskin qimmatlashdi. Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, piyoz narxi o‘tgan yilga nisbatan 87,2 foizga oshib, 1 kg uchun 72,3 rublga yetgan. Karam esa 56,8 foizga oshib, 75,2 rublni tashkil qilmoqda. «AB-Sentr» tahlilchilariga ko‘ra, 2024 yilda sanoat miqyosida karam hosili 5,6 foizga, piyoz esa 0,7 foizga kamaygan. Xususan, Volgograd oblastida qurg‘oqchilik va sug‘orish muammolari sababli hosil yomon bo‘lgan. Fermerlarning o‘zi esa o‘g‘itlar va himoya vositalari uchun xarajatlar oshganini ta’kidlamoqda. Kartoshka esa yanada tez sur’atda qimmatlashida davom etmoqda — narx 166,5 foizga oshib, rekord darajada bo‘lgan. Boshqa sabzavotlar esa unchalik katta o‘zgarishsiz: lavlagi 11,9 foiz, pomidor 1,2 foizga qimmatlashdi. Mahalliy iqtisodiy vaziyat ham aholining xarajatlariga ta’sir qilmoqda. «Romir» guruhi hisob-kitobiga ko‘ra, rossiyaliklar daromadining o‘rtacha 34,6 foiz qismini ovqatga sarflamoqda. Bu 2024 yil aprelidagi 28,6 foiz ko‘rsatkichdan ancha yuqori. Inflyatsiya sur’ati Rossiya Markaziy bankining sa’y-harakatlariga qaramay, byudjet xarajatlari ortishi fonida ortmoqda. Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi kelgusi mavsum uchun ekiladigan yer maydonlari kengaytirilishini ma’lum qildi. Maqsad — narx barqarorligini ta’minlash, deb yozmoqda «Kommersant’» nashri.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiyada «borshch inflyatsiyasi»: piyoz va karam 50 foizdan ortiq qimmatlashdi | Vaqt.uz