add

Rossiyada byudjetdagi «tuynuk»ni yopish uchun «pul bosuvchi stanok» ishga tushmoqda

Bugun 09:384852 Daqiqa

Taqchilligi qariyb 6 trln rublga yetgan Rossiya byudjeti endi pul bosish orqali moliyalashtirilmoqda, deyiladi Gaydar instituti tahlilida.

Rossiyada byudjetdagi «tuynuk»ni yopish uchun «pul bosuvchi stanok» ishga tushmoqda

Rossiya hukumati davlat byudjeti tanqisligini qoplash uchun Rossiya Markaziy banki orqali pul emissiyasini amalga oshirmoqda. Gaydar instituti mutaxassislariga ko‘ra, bu jarayon «RF Markaziy banki tomonidan davlat qarzini bilvosita emissiya bilan moliyalashtirish» sifatida baholanadi.

2024 yilda Rossiya byudjeti defitsiti 6 trln rublga yaqinlashdi. Buning qariyb barchasi Federal qarz obligatsiyalari (OFZ) chiqarilishi bilan qoplanmoqda. Birinchi chorakda 1,4 trln rubllik, ikkinchisida — 1,46 trln, uchinchi chorakda esa 1,55 trln rubllik OFZ joylashtirilgan.

Asosiy xaridorlar — yirik, davlatga tegishli banklar. Ularga esa Markaziy bank har hafta repo operatsiyalari orqali rubl kreditlari beradi. 24-noyabr holatiga ko‘ra, bunday operatsiyalar hajmi 2,83 trln rublga yetgan. Bu pullar aynan OFZlarni garov qilib banklarga ajratilayotgan mablag‘lardir.

Tahlilchilar buni foizlar orqali inflatsiya kuchayishiga olib keluvchi omil, o‘laroq baholashmoqda. Chunki OFZ portfeli bank aktivlarida o‘sishi, ayni paytda emission pul bilan ta’minlanmoqda.

2026–2028 yillar uchun qabul qilingan byudjetda ham umumiy 10 trln rubllik taqchillik ko‘zda tutilgan. RF Moliya vazirligi har yili 4–4,7 trln rubllik ichki qarz majburiyatlarini joylashtirishni rejalashtirmoqda.

2024 yildagi rejada aslida 1,2 trln taqchillik ko‘zda tutilgan edi, ammo neft-gaz daromadlari 20 foizga tushib ketgach, rejalar 5 barobarga o‘zgardi. Natijada QQS bo‘yicha tushum 1,3 trln rublga kamaydi, aksizlar — 328 mlrd rubl, foyda solig‘i — 160 mlrd rubl, jismoniy shaxslardan tushumlar — 36 mlrd rubl, utilizatsiya yig‘imi — 888 mlrd rublga kamroq tushdi.

Shu bilan birga, Carnegie markazi tahlilchisi Aleksandra Prokopenkogo ko‘ra, Putinda hozircha pul yetarli — kamida 12–14 oyga. Lekin keyin tanlov qiyinlashadi: urushni davom ettirish yoki ichki iste’molni ta’minlash — uning qarshisida shunday ikkita murakkab variant qoladi.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiyada byudjetdagi «tuynuk»ni yopish uchun «pul bosuvchi stanok» ishga tushmoqda | Vaqt.uz