add

Rossiyada faqat 1,5 foiz migrant bolalar imtihondan o‘ta oldi

16.05.2025 | 10:4525172

Rus tilini bilish imtihonida qatnashgan 1762 nafar migrant bolalaridan faqat 27 nafari maktabga kirish uchun yetarli darajada bilimga ega ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Vyacheslav Volodin ma’lum qildi.

Rossiyada faqat 1,5 foiz migrant bolalar imtihondan o‘ta oldi
Rossiya Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodinga ko‘ra, apreldan beri amalga kiritilgan yangi qonun doirasida rus tilidan imtihon topshirgan 1762 nafar migrantlar farzandlarining faqat 27 nafari imtihondan o‘ta olgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, faqat 335 nafar bola imtihonga qo‘yilgan, shundan ham 44 nafari testda qatnashgan. Imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan bolalar soni — bor-yo‘g‘i 27 nafar. Bu — umumiy ariza beruvchilarning 1,5 foizini tashkil etadi. Volodin bu holatni Rossiyada qabul qilingan yangi qonunlarning samarasi sifatida baholadi. Uning ta’kidlashicha, hozirgacha migratsiyani nazorat qilish maqsadida 15 ta qonunchilik tashabbusi qabul qilingan va ularning barchasi kuchga kirgan. Yangi qonunga muvofiq, endi faqat legal maqomga ega va rus tilini yetarli darajada biladigan bolalar maktabga qabul qilinishi mumkin. Bu orada, ayrim mutaxassislar bu amaliyotni keskin tanqid qilmoqda. Avvalroq, Minzdrav ham chet ellik shifokorlarni rus tilidan test qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatlamagan.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiyada faqat 1,5 foiz migrant bolalar imtihondan o‘ta oldi | Vaqt.uz