add

Rossiyada farzandlari maktabga qatnamaydigan migrantlarni haydash taklifi berildi

26.06.2025 | 09:4031163

Rossiya inson huquqlari kengashi (IHK) rahbari Valeriy Fadeyev maktabga bormaydigan migrant bolalarning ota-onalarini mamlakatdan chiqarish taklifini ilgari surdi. Bu holat Rossiya qonunlarini buzish deb baholanmoqda.

Rossiyada farzandlari maktabga qatnamaydigan migrantlarni haydash taklifi berildi
Fadeyevning ta’kidlashicha, Rossiya hududidagi har qanday ota-ona farzandining umumiy ta’lim olishini ta’minlashi shart.
«Bu me’yor fuqaroligidan qat’i nazar, barchaga taalluqli. Agar xorijliklar bu qonunga rioya qilmasa, o‘z yurtlariga qaytsinlar. Bolalarining ta’limi uchun mas’uliyatni ham o‘sha davlatlar olsin», — degan Fadeyev.
Rossiya IIV ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda ayni paytda 785 mingdan ortiq xorijiy davlatldar fuqarosi bo‘lgan norasida bolalar yashamoqda. Ularning maktab yoshida bo‘lgan faqat 192 mingi (24,5 foizi) ta’lim muassasalariga joylashtirilgan. Qolgan 300 mingga yaqini umuman maktabga bormaydi. IHK rahbarining fikricha, katta shaharlar va jamoat joylarida maktabga bormaydigan bolalarning to‘planishi jinoyatchilik holatlarini kuchaytirishi mumkin. Bu, uning ta’rificha, Rossiya uchun xavfli ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 2025 yil aprelidan boshlab, Rossiyada migrant bolalar maktabga qabul qilinishi uchun rus tili bo‘yicha testdan o‘tishlari shart qilib qo‘yilgan. Testda to‘g‘ri javoblar ulushi 90 foiz bo‘lishi lozim. Bu talab natijasida, joriy qilingan ilk ikki oyda maktablarga ariza berganlardan faqat 4 foizi qabul qilingan. Ular orasida testga kirish huquqini olganlar ham bor-yo‘g‘i 17 foiz (498 nafar) bo‘lgan.

Teglar

Mavzuga oid