add

Rossiyada ishyoqmaslik uchun jazo joriy qilish taklifi bildirildi

Bugun 08:381322

Davlat kengashiga yo‘llangan taklifda ishlamaydigan fuqarolarni qamoqqa olish yoki majburiy mehnatga jalb qilish ko‘zda tutilgan.

Rossiyada ishyoqmaslik uchun jazo joriy qilish taklifi bildirildi

Rossiya Federal xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash loyihasi rahbari Vitaliy Borodin ishyoqmaslik (ya’ni jamiyatga foyda keltiruvchi mehnatdan bosh tortganlik) uchun jinoiy javobgarlik joriy etish taklifini berdi. Uning taklifi Federatsiya Kengashi raisini Valentina Matviyenkogo yo‘llangan murojaatda bayon etilgan.

Hujjatga ko‘ra, ish bilan ta’minlash xizmati tomonidan ish taklif qilingan, lekin hech qanday asosiy sababsiz ishlamaslikka qaror qilgan fuqarolarga 1 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanishi mumkin. Shuningdek, 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari, ikki yilgacha axloq tuzatish  ishlari yoki bir yilgacha majburiy mehnat turidagi jazolar ham ko‘zda tutilmoqda.

Borodin o‘z taklifini kadrlar tanqisligi, noqonuniy migratsiya bilan bog‘liq jinoyatchilikning o‘sishi va demografik muammolar bilan izohlagan.

Rossiyada 1991 yildan buyon ishyoqmaslik jinoyat sifatida tan olinmaydi. Bu sohani faqat «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi qonun tartibga soladi. Unda ishsizlikka yo‘l qo‘yilishi va ishsizlarga nafaqa to‘lanishi nazarda tutilgan.

Bunday tashabbuslar Rossiyada ilgari ham muhokama qilingan. Masalan, 2016 yilda maxsus soliq joriy etish taklif qilingan va 2023 yilda ishsiz yurganlarni Ukrainadagi urushga yuborish haqidagi chaqiriqlar ham bo‘lgan. Joriy yil kuzida Valentina Matviyenko ishlamaydiganlar uchun 45 ming rubllik majburiy tibbiy sug‘urta badali joriy etishni taklif etgan. Bu summa ishsizlar uchun belgilangan uch oylik eng yuqori nafaqaga teng.

Davomidan, Davlat Dumasi moliyaviy bozor qo‘mitasi raisi Anatoliy Aksakov ishsizlarni «ishyoqmaslar» deb atab, ular pensiya va tibbiy sug‘urta jamg‘armalariga to‘lov qilishlari shartligini bildirgan. 

Teglar

Mavzuga oid

Rossiyada ishyoqmaslik uchun jazo joriy qilish taklifi bildirildi | Vaqt.uz