add

Rossiyada migrantlar uchun pensiya bekor qilinishi taklif qilindi

28.09.2025 | 22:033233

Rossiyada migrantlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun pensiya to‘lovlarini bekor qilish taklifi ilgari surildi. Bu tashabbus moliyaviy bosim ortishi va mahalliy aholi noroziligi tufayli bildirilmoqda.

Rossiyada migrantlar uchun pensiya bekor qilinishi taklif qilindi
Rossiya Liberal-demokratik partiyasi rahbariyatining ta’kidlashicha, davlatning har bir tiyini maxsus harbiy operatsiya xarajatlari, ijtimoiy va demografik muammolarni hal etishga sarflanmoqda. Shu sharoitda Rossiyada hech qachon mehnat qilmagan va mamlakat hayotida ishtirok etmagan migrantlarga pensiya berish mantiqan asossiz, deb hisoblanmoqda. Partiya yetakchisi Leonid Slutskiy so‘zlariga ko‘ra, mahalliy pensionerlar mizer to‘lovlar olib, kommunal xizmatlarni zo‘rg‘a qoplayotgan bir paytda chetdan kelgan ishchi kuchiga davlat mablag‘ ajratishi adolatsizlik hisoblanadi. Uning aytishicha, ko‘plab migrantlar Rossiya va rus xalqini hurmat qilmaydi, ammo pensiya kabi ijtimoiy imtiyozlardan foydalanishni kutadi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda Rossiyada migratsiyaning sof o‘sishi 600 ming kishini tashkil etgan. Bu so‘nggi 30 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Migrantlar oqimi ortishi bilan pensiya tizimi yuki ham og‘irlashmoqda. RLDPning rasmiy bayonotida aytilishicha, mamlakat migrantlar bilan munosabatda «Priyexal — otrabotal — uyexal» («Keldi — ishladi — ketdi») tamoyilini qo‘llashi lozim. Partiya vakillari fikricha, pensiya – bu davlat hayotida faol ishtirok etgan shaxsning haq-huquqi bo‘lib, formal ravishda yashab turgan migrantlarga tegishli emas.

Teglar

Mavzuga oid