add

Rossiyada o‘zbek migrantlar o‘rnini hindistonliklar egallaydimi?

10.07.2025 | 19:0022543

Ural savdo-sanoat palatasi rahbari Andrey Besedin bergan intervyuda Rossiyaga 2024 yil oxiriga qadar 1 million hind muhojir kelishini aytdi. Uning ta’kidiga ko‘ra, mamlakatdagi malakali kadrlar yetishmasligi shu yo‘l bilan bartaraf etilishi mumkin. Ammo Rossiya Mehnat vazirligi bu raqamlarni rad etdi.

Rossiyada o‘zbek migrantlar o‘rnini hindistonliklar egallaydimi?
Ural savdo-sanoat palatasi rahbari Andrey Besedin EANga bergan intervyusida malakali kadrlar yetishmasligi sababli yil oxirigacha Rossiyaga Hindistondan 1 million muhojir kelishini aytgan edi. Rossiya Mehnat vazirligi matbuot xizmati bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi. Bu haqda RBK xabar bermoqda. Mehnat vazirligiga ko‘ra, Hindiston kabi «viza talab qilinadigan» mamlakatlardan ishchilar kvotalash mexanizmi orqali jalb etiladi va kvotalar bir yil oldindan shakllantiriladi. Kvotalar hajmi ish beruvchilarning ehtiyojiga asosan hududlar so‘roviga ko‘ra, kadrlar yetishmovchiligi tasdiqlangan hollarda belgilanadi. Hududlarning takliflari idoralararo komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, hukumat tomonidan tasdiqlanadi. «Kvota doirasida viza talab qilinadigan mamlakatlardan taklif etilgan har bir mutaxassis ish vizasi va ishlash uchun ruxsatnomani rasmiylashtiradi. Kompaniya esa viza talab qilinadigan xodimni ishga olishdan avval IIVda bunday xodimlarni jalb etish uchun ruxsatnomani rasmiylashtiradi», - deya ta’kidladi Mehnat vazirligi. Vazirlik ma’lum qilishicha, 2025 yilda Rossiyada chet ellik ishchilarni jalb etish uchun umumiy kvota 234,9 ming kishini, Hindiston fuqarolari uchun essga 71 817 kishini tashkil etadi. Aynan Sverdlovsk oblasti uchun kvota barcha viza talab qilinadigan mamlakatlardan kelgan ishchilar uchun 4343 kishini tashkil etadi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 9 iyul holatiga ko‘ra, bu kvotaning 13,6 foizi ishlatilgan.

Teglar

Mavzuga oid