
Rossiyada oziq-ovqatga sarf xarajatlar rekord darajaga chiqdi
16.05.2025 | 08:3111753
Aprel oyida rossiyaliklarning oziq-ovqat mahsulotlariga sarflayotgan mablag‘i oxirgi yillardagi eng yuqori darajaga yetdi. Bu Rossiyadagi real turmush darajasining pasayib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Rossiyada inflyatsiyaning jadal o‘sishi natijasida aholi oziq-ovqatga yanada ko‘proq pul sarflamoqda. «Romir» tahliliy markazi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil aprel oyida rossiyaliklarning iste’mol xarajatlarida oziq-ovqatning ulushi 34,6 foizga yetgan. Bu — Ukrainada urush boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich.
Solishtirish uchun: yil boshida ushbu ko‘rsatkich 33 foiz, 2024 yil aprelida esa 28,6 foiz bo‘lgan. Bu 5 yil ichida kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri, pandemiya paytidagi lokdaundan hisobga olinmasa.
BMT metodologiyasiga ko‘ra, aholi oziq-ovqatga qancha kam sarflasa, mamlakat shuncha farovon hisoblanadi. Bu mezon bo‘yicha Rossiya ta’rifga mos kelmaydi.
Oziq-ovqat narxlari o‘sishi jadallashgan: 2024 yilda u 11 foizdan oshib, oxirgi 9 yildagi rekordni yangiladi. 2025 yil may holatiga ko‘ra, inflyatsiya 12,7 foizni tashkil etdi. Ayrim mahsulotlar narxi ikki-uch baravarga oshdi. Masalan, kartoshka narxi 173 foizga, sariyog‘ 34 foizga, piyoz 41 foizga qimmatlashdi.
«Levada» markazining so‘roviga ko‘ra, rossiyalik oilalarning 63 foizi daromadining yarmi yoki undan ko‘prog‘ini faqat yeb-ichishga sarflayapti.





