add

Rossiyada roumingda SMS va mobil internet xizmatlari vaqtincha cheklandi

15.10.2025 | 15:0032534

Rossiyada xorijiy SIM-kartalar egalari roumingda mobil internet va SMS xizmatlaridan foydalanolmayapti. Cheklovlar xavfsizlik chorasi sifatida joriy etilgan bo‘lib, o‘zbekistonlik abonentlarga ham ta’sir qilmoqda.

Rossiyada roumingda SMS va mobil internet xizmatlari vaqtincha cheklandi
6 oktyabrdan boshlab Rossiyaning Axborot texnologiyalari va raqamli rivojlanish vazirligi «sovish davri» (period oxlajdeniya) nomli tizimni joriy etdi — bu vaqt mobaynida xorijiy SIM-kartalar Rossiya tarmoqlariga ulanganidan keyin ma’lumot uzatish va SMS qabul qilish vaqtincha cheklanadi. Bu cheklovlar O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar abonentlariga ham taalluqli bo‘lib, ko‘plab foydalanuvchilar xizmatlardagi uzilishlardan norozi bo‘lmoqda. Chora dronlardan foydalanish imkoniyatlarini qisqartirish va milliy xavfsizlikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilgani aytilmoqda. «Uzbektelekom» (Uzmobile) kompaniyasi ushbu vaziyat haqida birinchi bo‘lib ma’lum qildi va Rossiyaga safarni rejalashtirayotgan fuqarolarni xizmatlardagi vaqtincha cheklovlarni hisobga olishga chaqirdi. Shuningdek, Beeline, Ucell va Mobiuz operatorlari ham o‘z abonentlarini rasman ogohlantirdi. Roumingda ovozli qo‘ng‘iroqlar (qabul qilish va yo‘llash) cheklanmagan holda faoliyat ko‘rsatmoqda. Biroq ko‘plab bank ilovalari va onlayn xizmatlar SMS orqali tasdiq talab qiladigani sababli, abonentlar tranzaksiyalarni amalga oshirishda qiyinchilikka duch kelmoqda. Belarus aloqa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, «sovish davri» 24 soat davom etishi lozim. Ammo foydalanuvchilar xabar berishicha, ayrim hollarda cheklovlar bu muddatdan keyin ham saqlanib qolmoqda. «Kommersant’» manbasiga ko‘ra, ayrim operatorlar taymerni faqat qisman joriy etgan va ba’zilarda blokirovka SIM-karta Rossiyada bo‘lgan davrning butunicha amal qilmoqda. Mutaxassislar tizimni to‘liq moslashtirish uchun kamida uch-to‘rt hafta vaqt kerakligini ta’kidlamoqda. Rossiyaning yirik operatorlari — MTS, MegaFon, Vыmpelkom va T2 bu holatga izoh bermagan.

Teglar

Mavzuga oid