add

Rossiyada salqin yoz shashlik bozoriga zarba berdi

22.09.2025 | 10:0014783

Rossiyada yozgi mavsumda shashlik go‘shti sotuvi 11,3 foizga kamaydi. Sotuvchilar sovuq havo va aholining tejamkorlikka o‘tishi marinadlangan go‘shtga talabni pasaytirganini qayd etmoqda.

Rossiyada salqin yoz shashlik bozoriga zarba berdi
Analitiklar ma’lumotlariga ko‘ra, may—avgust oylarida shashlik go‘shti sotuvi 11,3 foizga kamaydi, pul ifodasida esa 7,4 foiz pasayish kuzatildi. Yanvar—avgust davrida sotuvlar 4,4 foizga qisqargan. Shu bilan birga, six, qo‘ra va yoqilg‘i kabi tovarlarga talab ham pasaygani ta’kidlandi, deb yozmoqda «Kommersant’». «Platforma OFD» ma’lumotlariga ko‘ra, iyun—avgustda shashlik mahsulotlari sotuvi 5 foizga, qo‘ralar 15 foizga, ko‘mir 6 foizga kamaydi. Shu bilan birga, narxlar 10 foizga o‘sib, shashlik to‘plami o‘rtacha 3,4 ming rublga yetdi. Ekspertlar asosiy sabab sifatida sovuq yozni keltiradi. «Cherkizovo» guruhi ham iyun—avgustda go‘sht mahsulotlariga talab cheklanganini ta’kidladi. Cho‘chqa go‘shti va tayyor shashlik mahsulotlariga talab sezilarli pasaydi. Biroq aholi so‘nggi paytlarda xom go‘sht sotib olishga ko‘proq moyil. «Nilsen» ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar—iyul oylarida xom go‘sht sotuvi 5 foizga, pul ifodasida 11 foizga oshdi. Masalan, «Pyatyorochka»da 250 ming tonna parranda va 100 ming tonna qizil go‘sht sotildi. Mutaxassislar fikricha, rossiyaliklar marinadlangan shashlikdan ko‘ra arzonroq xom go‘shtni xarid qilib, uy sharoitida tayyorlashga o‘ta boshladi. Bu esa aholining xarajatlarni ratsionallashtirish va ortiqcha sarf-xarajatlardan voz kechish tendensiyasi bilan izohlanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid