add

Rossiyada «Sarmat» yadroviy raketasi sinovi yana barbod bo‘ldi

30.11.2025 | 09:3011202 daqiqa

Orenburg oblastidagi «Yasniy» bazasida sodir bo‘lgan portlash Rossiyaning eng yangi «Sarmat» yadroviy raketasining navbatdagi sinovi ham muvaffaqiyatsiz tugaganini harbiy ekspertlar tasdiqlamoqda.

Rossiyada «Sarmat» yadroviy raketasi sinovi yana barbod bo‘ldi

Orenburg oblasti Yasniy shahrida juma kuni sodir bo‘lgan kuchli portlash Rossiyaning «Sarmat» qit’alararo yadroviy ballistik raketasi navbatdagi sinovdan o‘ta olmaganini ko‘rsatmoqda. The Moscow Times nashrining yozishicha, kuzatuvchilar tomonidan olingan videoda raketa shaxtadan chiqib, qisqa vaqt havoga ko‘tarilib, yo‘nalishdan og‘gani, yonib ketgani va parchalari bilan birga yerga qulashi aniq aks etgan. Portlashdan keyin osmonda ulkan olovli-binafsharang bulut paydo bo‘lgan.

BMTning vurolsizlantirish bo‘yicha tadqiqotlari bo‘limi katta ilmiy xodimi Pavel Podvig bildirishicha, videodagi barcha belgi «Sarmat»ga mos keladi. Rossiya bu raketani 2013 yildan beri ishlab chiqmoqda, u sovet davrida qolgan eski R-36M2 «Voyevoda» o‘rnini bosishi kerak edi. Vladimir Putin uni 2020 yilda xizmatga kiritilishini va’da qilgan, ammo bugungacha biror marta to‘liq muvaffaqiyatli parvoz amalga oshmagan.

Fransiyaning FRS markazi tahlilchisi Eten Markus ham bu sinov yana barbod bo‘lganini tasdiqlaydi. Uning aytishicha, raketa shaxtadan atigi 1 km uzoqlikda yerga qulagan va 70 metrlik krater qoldirgan — buni Sentinel-2 yo‘ldosh suratlari ham ko‘rsatmoqda.

Mutaxassis Dmitriy Kornev ma’lum qilishicha, bu sinovda raketa raketa Kamchatkadagi «Kura» poligoni yo‘nalishida uchirilgan, Rossiya NOTAM orqali havo harakatiga ogohlantirish bergan. U ehtimoliy holda «Voyevoda» ham bo‘lishi mumkinligini aytdi, ammo Podvig bu versiyani istisno etdi: bu raketa 2013 yildan beri sinovdan o‘tmagan va strategik maqsadli raketa qo‘shinlari tarkibida ham juda kam qolgan.

«Yasniy» harbiy bazasida «Avangard» hipertovushli komplekslari ham joylashgan, ammo ular «issiq uchirish» texnologiyasidan foydalanadi. Videoda esa «sovuq uchirish» orqali uchirilgani aniq ko‘rinadi. Shu sabab mutaxassislar fikricha, bu — «Sarmat» dasturining yana bir jiddiy ortga chekinishi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu barrodlik Rossiyaning o‘rta muddatli strategik tiyib turish imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Chunki «Voyevoda»larning xizmat muddati tugamoqda va ularni texnik qo‘llab-quvvatlash Ukraina tomonidan 2014 yilgacha amalga oshirilgan. «Sarmat»ning kechikishi esa yadroviy triadaning zamonaviylashtirilishini yana noma’lum muddatga surmoqda.

SIPRI ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada 333 ta yer asosidagi strategik raketa mavjud: «Yars» (206 dona), «Topol», «Avangard» va taxminan 30 ga yaqin «Voyevoda». Shuningdek, Rossiya 192 ta suv osti ballistik raketasiga ega.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiyada «Sarmat» yadroviy raketasi sinovi yana barbod bo‘ldi | Vaqt.uz