add

Rossiyada shafqatsiz zo‘ravonlik bilan o‘ldirilgan ozarboyjonlik aka-ukalar dafn etildi

01.07.2025 | 18:4031495

Yekaterinburgda politsiya reydi paytida og‘ir qiynoqqa solinib o‘ldirilgan Safarov aka-ukalar Ozarboyjonda dafn etildi. Ozarboyjon Bosh prokuraturasi ularning o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘adi.

Rossiyada shafqatsiz zo‘ravonlik bilan o‘ldirilgan ozarboyjonlik aka-ukalar dafn etildi
Ozarboyjon fuqarolari Huseyn va Ziyaddin Safarovlar Rossiyaning Yekaterinburg shahrida politsiya tomonidan hibsga olinib, qattiq qiynoqqa solingan holda halok bo‘ldi. Bu yuzasidan Ozarboyjon Bosh prokuraturasi jinoyat ishini ochdi. 27 iyun kuni ertalab Rossiya politsiyasi tomonidan o‘tkazilgan reyd paytida Safarov aka-ukalar jinoyatga aloqadorlikda gumon qilinib ushlangan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular ushlash paytida, yo‘lda va ma’muriy binolarda shafqatsiz qiynoqqa duchor bo‘lgan. 1966 yilda tug‘ilgan tadbirkor Huseyn Safarov ichki ishlar bo‘limida, uning 1970 yilda tug‘ilgan ukasi Ziyaddin Safarov esa politsiya mashinasida halok bo‘lgan. Ziyaddin ikki farzandning otasi bo‘lib, taksichilik bilan shug‘ullangan. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, Huseyn Safarov qovurg‘alarining singani va og‘ir tan jarohatlari oqibatida shok holatiga tushib vafot etgan. Ukasi esa ko‘plab jarohatlar sababli travmatik shokdan halok bo‘lgan. Ushbu voqea yuzasidan Ozarboyjon tomoni qator jinoiy moddalar bo‘yicha ish ochdi. Jumladan, o‘ta shafqatsizlik bilan, guruh bo‘lib va oldindan til biriktirib qasddan odam o‘ldirish, qiynoq qo‘llash, vakolatni suiiste’mol qilish kabi ayblovlar qo‘yilgan. Hozirda boshqa bir necha Ozarboyjon fuqarosi ham shunday holatda tan jarohati olgan va Rossiyada davolanmoqda. Jinoyat ishi qator moddalar bo‘yicha ochilgan, jumladan, guruh bo‘lib, o‘ta shafqatsizlik bilan, oldindan til biriktirib ikki va undan ortiq insonni o‘ldirish; qiynoq qo‘llash; vakolatni suiiste’mol qilish kabi og‘ir ayblovlar qo‘yilgan. 1 iyul kuni halok bo‘lgan Ziyaddin va Huseyn Safarovlar Ozarboyjonning Ajabadi tumanidagi Hojibadalli qabristanida dafn qilindi. Marosimda marhumlarning yaqinlari, oila a’zolari hamda Ajabadi va Ag‘dam tumanlari jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Ular shu yerda dafn etilgan ota-onasining yoniga qo‘yildi. Mazkur voqea jamoatchilikda jiddiy e’tiroz uyg‘otgangan. Tergov ishlari Ozarboyjon Bosh prokuraturasi huzuridagi maxsus tergov boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiyada shafqatsiz zo‘ravonlik bilan o‘ldirilgan ozarboyjonlik aka-ukalar dafn etildi | Vaqt.uz