add

Rossiyada Vikipediyani bloklash taklifi yana ko‘tarildi

15.05.2025 | 19:2028213

Vikipediya Rossiyada yana muhokama markazida — deputatlar ensiklopediyani tarixni buzib ko‘rsatishda ayblab, uni to‘liq bloklashni taklif qilmoqda. Ular bu resursni «G‘arbning axborot quroli» deb atashmoqda.

Rossiyada Vikipediyani bloklash taklifi yana ko‘tarildi
15 may kuni Rossiya davlat dumasidagi bolalar mediaxavfsizligi bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishida deputatlar Vikipediya internet-ensiklopediya Rossiyada to‘liq bloklash masalasini ko‘tarishdi. Qo‘mita raisi Nina Ostanina ensiklopediyadagi tarixiy voqealar «aksilrossiya ruhida talqin qilinishi»ni tanqid qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vikipediya «amerikaparast va Ukraina tarafdori» kuchlar tomonidan boshqariladi. Mavjud ensiklopediyani Runetdagi eng katta axborot manbasi deb atagan Ostanina, bunday holatga «toqat qilib bo‘lmasligi»ni qayd etdi. Unga ko‘ra, ensiklopediya Rossiyaning ma’naviy va an’anaviy qadriyatlariga zid ma’lumotlar tarqatmoqda. Axborot siyosati qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Oleg Matveychev esa Vikipediyani qidiruv tizimlarida «155-betga tushirib yuborish» va uning o‘rniga milliy analog — Ruvikini birinchi o‘ringa chiqarishni taklif qildi. U buni «bir buyruq bilan» amalga oshirish mumkinligini ta’kidladi. Roskomnadzor rahbari o‘rinbosari Aleksandr Ijko ensiklopediyaga nisbatan 10 mln rubldan ortiq jarimalar qo‘llanilganini eslatdi. Shuningdek, u qonunchilikni o‘zgartirish orqali bloklash masalasini alohida muhokama qilishni taklif qildi. 2024 yilda Vikipediyani VPN xizmatlarini tarqatishda ayblab, uni taqiqlash taklifi ham berilgan edi. RT bosh muharriri Margarita Simonyan esa ensiklopediyani «G‘arbning axborot quroli» sifatida baholagan.  

Teglar

Mavzuga oid

Rossiyada Vikipediyani bloklash taklifi yana ko‘tarildi | Vaqt.uz