add

Rossiyada yangi avtomobillarning 80 foizi kreditga sotilyapti

05.09.2025 | 08:2043493

2025 yilda avtokreditlash ko‘lami rekord darajaga yetdi: rossiyaliklar har besh yangi avtomobilning to‘rttasini kredit orqali xarid qilmoqda.

Rossiyada yangi avtomobillarning 80 foizi kreditga sotilyapti
Rossiyada yangi avtomobillar kredit asosida xarid qilinishi keskin oshdi. Frank RG va «Avtostat» маълумотларига ko‘ra, avgust oyida yangi mashinalar uchun berilgan avtokreditlar miqdori 2024 yilgi darajadan faqat 5 foizga kam bo‘ldi, ular soni esa 4 foizga pasaydi. May oyida bu farq 30 foizga yetardi. Shu bilan birga, umumiy sotuvlar 2024 yilga nisbatan 18 foizga kamaygan. Bu esa kreditda sotilayotgan mashinalar ulushining keskin o‘sganini anglatadi. «Avtostat» rahbari Sergey Selikovning fikricha, hozir jismoniy shaxslar tomonidan xarid qilinayotgan yangi avtomobillarning 80 foizdan ziyodi kreditga olinmoqda. Bu o‘sish asosan avtokonsernlar va davlat tomonidan taklif etilayotgan imtiyozli shartlar hisobiga yuzaga kelgan. Ayrim brendlar, xususan Haval va Tank, 0,01 foizli kredit taklif qilmoqda. Ayrim dasturlarda mijoz mashinaning 30 foizini shunday imtiyoz bilan qoplashi mumkin. Sotuvlar sekinlashsa-da, omborlardagi zaxira mashinalar soni kamaymoqda. Davlat ham avtokreditlashga qo‘llab-quvvatlov ko‘rsatmoqda. May oyida ikki farzandli oilalarga 20 foizli chegirma beruvchi dastur kengaytirildi. Bir farzandlilar uchun esa 10 foizli chegirma mavjud. Shuningdek, ayrim xaridorlar bu chegirmalardan foydalanish uchungina avtokredit olib, so‘ngra uni tezda to‘lab yuborishmoqda. Bu holatga qaramay, Rossiya Bosh bankining ma’lumotiga ko‘ra, iyun-iyul oylarida avtokredit portfeli har oyda 60 mlrd rublga oshgan. Bundan farqli ravishda, bugungi kunda kreditda sotilayotgan mashinalarning katta qismi — yangi avtomobillardir. Eski mashinalarga kredit berishga subsidiya yo‘q, natijada bu bozorda faollik pasayib ketdi.

Teglar

Mavzuga oid