Logo

Rossiyada «zapravka»lar ommaviy sotuvga chiqarilmoqda

Bugun 08:001 daqiqa

Rossiyaning energetika bozoridagi muammolar kuchayishi ortidan yuzdan ortiq yoqilg‘i quyish shoxobchasi sotuvga qo‘yildi. Ayrim hollarda butun tarmoqlar xaridor izlamoqda.

Rossiyada «zapravka»lar ommaviy sotuvga chiqarilmoqda © Reuters

Rossiyada yoqilg‘i quyish shoxobchalarini ommaviy sotish holatlari kuzatilmoqda. Rossiya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi bir oy ichida marketpleyslar, tijorat ko‘chmas mulk saytlari va korporativ platformalarda 150 dan ortiq obyekt sotuvga qo‘yilgan.

Sotuvga nafaqat xususiy yoqilg‘i shoxobchalari, balki yirik neft kompaniyalariga tegishli obyektlar ham chiqarilmoqda. Ayrim mulkdorlar alohida stansiyalarni emas, balki butun boshli yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ini sotmoqda.

Obyektlar narxi hudud, texnik jihozlanishi va boshqa xususiyatlariga qarab 1 million rubldan 150 million rublgacha baholangan.

Yoqilg‘i narxi bosim qilmoqda

Mutaxassislar vaziyatning asosiy sababi sifatida ulgurji yoqilg‘i narxlarining keskin oshganini ko‘rsatmoqda.

Mustaqil operatorlar benzin va dizel yonilg‘isini birja yoki treyderlar orqali yuqori narxlarda xarid qilishga majbur bo‘layotgan bir paytda, yirik neft kompaniyalari birinchi navbatda o‘z tarmoqlarini ta’minlamoqda.

«ASTRA» Telegram-kanali ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil boshida Rossiyada taxminan 27,7 mingta yoqilg‘i quyish shoxobchalari faoliyat yuritgan. Ularning qariyb 19,84 mingtasi mustaqil operatorlarga tegishli bo‘lgan va aynan shu segment yoqilg‘i ta’minotidagi beqarorlik va xarajatlarning o‘sishidan eng ko‘p zarar ko‘rgan.

Teglar

Mavzuga oid