add

Rossiyadagi o‘zbek muhojirlar soni 4 barobargacha kamaydi

11.06.2025 | 13:2020943

Rossiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarga nisbatan zo‘ravonlik holati aks etgan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishi ortidan, mazkur masala jamoatchilik e’tiborida muhokama mavzusiga aylandi.

Rossiyadagi o‘zbek muhojirlar soni 4 barobargacha kamaydi
Uzreport nashri muxbirining bu voqeaga munosabati haqidagi so‘roviga javoban Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov mazkur voqea yuzasidan kechayoq Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga rasmiy nota yuborilganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Moskvadagi elchixona xodimlari huquq-tartibot organlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan harakatlarga huquqiy baho berishni talab qilgan. Ahror Burhonov so‘zlariga ko‘ra, hozirda Rossiyada taxminan 1 millionga yaqin o‘zbekistonlik muhojir mehnat qilmoqda. Bu ko‘rsatkich avvalgi yillarda 4–5 million atrofida bo‘lgan. Kamayishning aniq sabablari aytilmagan bo‘lsa-da, bu raqam migratsiya jarayonidagi keskin o‘zgarishdan darak beradi. Rossiya Ichki ishlar vazirligining 2025 yil boshiga oid rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 1,2 millionga yaqin O‘zbekiston fuqarosi ro‘yxatdan o‘tgan holda yashamoqda. Bu umumiy migratsion oqim hajmiga nisbatan kamlikni ko‘rsatadi. Mazkur voqea fonida mehnat muhojirlarining huquqiy himoyasi va ularning xavfsizlik sharoiti yana bir bor kun tartibiga chiqdi. Rasmiylar tomonidan masalaga huquqiy baho berilishi va muhojirlar manfaatlari ta’minlanishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid