add

Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

24.08.2025 | 21:0012922

Rossiyaga isiriq olib kirishga uringan tojikistonlik ikki ayol aeroportda qo‘lga olindi va Rossiya qonunchiligiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortildi.

Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi
Bu haqda ASIA Plus nashri xabar qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular yuk xaltalarida isiriq olib kirishga uringan. Ayollar buni shaxsiy va tibbiy maqsadlarda olib kirishmoqchi bo‘lganini aytgan. Ulardan biriga Rossiya Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi va 229.1-moddasi 3-qismi bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Ushbu moddalar giyohvand moddalarni saqlash, tashish, qayta ishlash hamda ularni bojxona chegarasidan noqonuniy o‘tkazish bilan bog‘liq. Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq, isiriq giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar yoki ularning prekursorlari bo‘lgan o‘simliklar ro‘yxatiga kiritilgan (https://t.me/vaqtuz_rasmiy/24028). Tergov jarayoni yakuniga yetgach, ish sudga oshirildi. Sud qaroriga ko‘ra, ayol 8 yil ozodlikdan mahrum etildi. Ikkinchi ayol haqidagi ma’lumot e’lon qilinmagan. Tojikiston Bosh prokuraturasi fuqarolarini Rossiyaga isiriq olib kirmaslik va bu mamlakat hududida undan foydalanmaslikka chaqirdi. Rasmiy organ bu harakat jinoiy javobgarlikka olib kelishini qat’iy tarzda eslatdi.

Teglar

Mavzuga oid