add

Rossiyaliklar endi oziq-ovqat va kiyim-kechakdan ham tejashga majbur bo‘lmoqda

11.09.2025 | 10:301373

Rossiyada oziq-ovqat, kiyim va maishiy texnika sotib olish kamaydi. Endi hattoki boylar ham palapartish xaridlardan o‘zini tiymoqda.

Rossiyaliklar endi oziq-ovqat va kiyim-kechakdan ham tejashga majbur bo‘lmoqda
Rossiyada kundalik ehtiyoj mahsulotlariga talab keskin kamaymoqda. Bunga sabab — narxlarning barqaror o‘sishi va aholining xarid qobiliyati pasayishi. Rasmiy Rosstat ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshlanganidan beri ayrim mahsulotlar narxi 40 foizgacha oshgan. 2025 yil yanvar–avgust oylarida rossiyaliklar kiyim-kechak sotib olishni 8 foizga kamaytirgan. Bu haqda «Kommersant’» OFD platformasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. Savdo markazlari uyushmasiga ko‘ra, bunday pasayish sabab katta miqyosli chakana savdo tarmoqlari maydonlarini 40 foizgacha qisqartirishga majbur bo‘ladi. Oziq-ovqatda esa aholi arzon chegirmali do‘konlarini ko‘proq tanlamoqda. «Svetofor», «Chijik» va «Dobrotsen» kabi tarmoqlar yil davomida 27 foiz o‘sish qayd etgan. Bu barcha riteylerlar orasida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Infolayn tahlilchisi Mixail Burmistrov buni fuqarolarda tejamkorlikka bo‘lgan ishtiyoq bilan izohlaydi. Romir tadqiqotiga ko‘ra, 68 foiz rossiyaliklar faqatgina chegirma yoki aksiyadagi mahsulotlarni tanlaydi. 57 foiz odamlar o‘rnini bosuvchi arzonroq tovarlarga o‘tayotgan bo‘lsa, 49 foizi esa maxsus arzon do‘konlarga o‘tib ketgan. Bu faqat o‘rtacha daromadlilar orasida emas — 150 ming rubldan ortiq daromadga ega oilalarda ham shunday tamoyil kuzatilyapti. Maishiy texnika va elektronika sotuvi so‘nggi 30 yildagi eng past darajaga tushdi. DNS kompaniyasi rahbari Dmitriy Alekseyevning ta’kidlashicha, rubldagi umumiy savdo hajmida ham kamayish qayd etilmoqda — bu ilgari kuzatilmagan holat. Muttaxassislar fikricha, rossiyaliklar narxlar yana oshib ketishidan xavfsirab, barcha yirik xaridlarni keyinga qoldirmoqda.    

Teglar

Mavzuga oid