add

Rossiyaning 2026-yilgi budjeti: armiyaga trillionlar, xalqqa yangi soliqlar

Bugun 09:184001

Rossiya Davlat dumasi armiya uchun rekord mablag‘, biznes va aholi uchun esa yangi soliqlar hamda tibbiyotda qisqartirishlarni tasdiqladi.

Rossiyaning 2026-yilgi budjeti: armiyaga trillionlar, xalqqa yangi soliqlar

Rossiya Davlat Dumasi 2026 yil uchun budjet qonunlar paketini ikkinchi, asosiy o‘qishda qabul qildi. Qabul qilingan hujjatlarda QQS stavkasini 20 foizdan 22 foizga ko‘tarish, armiya va kuch tuzilmalari uchun 40 trln rubldan ziyod xarajatlar hamda tibbiyotga ajratiladigan mablag‘larni qisqartirish ko‘zda tutilgan.

Sun’iy intellekt va armiyaga oid sarmoyalar ortida kichik biznesga solinadigan soliq yuki ham og‘irlashmoqda. Qabul qilingan soliq islohotiga ko‘ra, «yengillashtirilgan» soliq tizimi 4,4 mln kompaniyadan ko‘pini qamrab olgan bo‘lsa-da, daromad limiti 2026 yilda 20 mln, 2027 yilda 15 mln va keyin 10 mln rublga tushiriladi.

Ayni paytda jarimalar va bojxona to‘lovlari miqdori 1,5–10 barobar oshiriladi. Soliq va jarimalar orqali jami 3,2 trln rubl qo‘shimcha tushum rejalashtirilmoqda. Davlat byudjeti bo‘yicha umumiy xarajatlar 44,07 trln rublni tashkil etadi.

Eng katta xarajat maqomi milliy mudofaaga tegishli — 2026 yili 12,9 trln rubl, keyingi ikki yilda esa umumiy 39,5 trln rubl sarflanadi. Shu bilan birga, politsiya, Rosgvardiya va maxsus xizmatlar byudjeti 3,91 trln rublgacha oshiriladi.

Biroq tibbiyot xarajatlari qariyb muzlatib qo‘yildi: 2025 yilda 1,86 trln rubl bo‘lgan mablag‘ kelasi yili atigi 1,87 trln rublgacha yetardi. «Uzoq va faol umr» dasturiga ajratiladigan mablag‘ 26 foizga qisqartiriladi. Qolaversa, qishloq shifokorlik punktlari, shoshilinch tibbiy yordam, qandli diabet, rak va yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq loyihalar ham qisqartirildi.

Teglar

Mavzuga oid