add

Rossiyaning neft eksportidan daromadini qisqartirish oson emas — Bloomberg

23.05.2025 | 12:406374

Rossiyaga nisbatan neft narxlari uchun belgilangan «yuqori chegara»ni yanada pasaytirish uning daromadlarini keskin kamaytirishi ehtimoli past. Samarali choralarni esa qisqa muddatda amalga oshirish mushkul.

Rossiyaning neft eksportidan daromadini qisqartirish oson emas — Bloomberg
Bloomberg Economics iqtisodchisi Aleksandr Isakovning ta’kidlashicha, G7 davlatlari Rossiya neft narxi uchun belgilangan yuqori chegarani pasaytirishni ko‘rib chiqmoqda. Biroq 2022 yil dekabrida joriy etilgan bu choraning ikki yillik natijalari deyarli samarasizligini ko‘rsatmoqda. Yuqori narx chegarasi birinchi navbatda Rossiyaning neftdan keladigan daromadini qisqartirishga qaratilgan edi. Ushbu mexanizm jahon narxlariga kuchli zarba bermaslik uchun mo‘ljallangan bo‘lib, YeI tomonidan taklif etilgan qat’iyroq sanksiyalardan farq qilgan. Ammo Rossiya tezda o‘zining «xufiyona floti» va G7 sanksiyalariga bardoshli savdo infratuzilmasini shakllantirdi. Shuningdek, OPEC+ bilan hamkorlikda bozor muvozanatini saqlab turdi. Yevropa Rossiya neftini import qilishdan deyarli to‘liq voz kechgani natijasida unga bo‘lgan talab kamaydi, bu esa narxlarning tushishiga olib keldi. Shu bilan birga, rossiyalik eksportxblar yangi bozorlar — Hindiston, Xitoy va boshqalarga neft yetkazish xarajatlarini o‘z zimmasiga oldi. Transport va sug‘urta xarajatlari bir barreli uchun taxminan 5–6 dollarga oshgan, yetkazib berish masofasi esa uch barobarga ortgan. Ushbu shartlarda «yuqori nrax chegarasi»ini 60 dollardan 50 yoki hatto 30 dollarga tushirish ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmasligi mumkin. Importchi mamlakatlar, jumladan, Hindiston va Xitoy o‘z manfaatlarini saqlab qolar ekan, Rossiya nafaqat moslashuvchanligini saqlab qoladi, balki G7 mamlakatlariga bog‘liqlikni kamaytirishga ham erishadi. Bundan tashqari, G7 ichida bu borada yakdil fikr mavjud emas. AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishni unchalik yoqlab chiqmayapti. Uning fikricha, bunday bosim Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish imkoniyatlarini cheklaydi. Ammo agar muzokaralarda Rossiya tomonidan jiddiy ilgarilash bo‘lmasa yoki Tramp atrofidagi Ukraina tarafdorlari ta’sir o‘tkaza olsa, pozitsiya o‘zgarishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid