add

Rossiyaning Ukrainada tasdiqlangan yo‘qotishlari 115 mingdan oshdi

28.06.2025 | 14:0015203

Rossiyaning Ukrainadagi harbiy yo‘qotishlari 115 ming 857 nafarga yetdi. Bu haqda BBC rus xizmati va «Mediazona» ochiq manbalar orqali yuritgan nomma-nom ro‘yxatga tayanib xabar berdi.

Rossiyaning Ukrainada tasdiqlangan yo‘qotishlari 115 mingdan oshdi
Birgina 13–27 iyun kunlari orasida yo‘qotishlar ro‘yxati yana 2421 nafar askar bilan to‘ldi. Jurnalistlar kuniga o‘rtacha 150–170 nafar halok bo‘lganlar haqida nekrolog qayd etmoqda — bu avvalgi yillardan ancha yuqori ko‘rsatkich. Yo‘qotishlarning yarmidan ko‘pi urush boshlangandan keyin shartnoma imzolagan askarlardir. Ular orasida kamida 240 nafar 18 yoshli yigitlar bor, ular maktabdan keyin to‘g‘ri frontga yo‘llanib, qisqa vaqt ichida halok bo‘lishgan. Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshidan Rossiyaning umumiy yo‘qotishlari 1 mln kishiga yaqinlashib, 250 ming kishi halok bo‘lgan. Britaniya razvedkasi esa Rossiyaning 500 minggacha askari yo o‘ldirilgani, yo bedarak yo‘qolgani yoki og‘ir yaralanib safdan chiqarilganini bildirgan. Shu bilan birga, AQSH rasmiylari bahosiga ko‘ra, 2024 yil yanvaridan 2025 yil apreligacha Rossiyaning frontdagi yo‘qotishlari 400 mingdan oshgan. Shu davrda rossiyaliklar 4700 km² Ukraina yerini egallagan, har kilometr kvadrat uchun esa o‘rtacha 84 askar qurbon bo‘lgan.

Teglar

Mavzuga oid

Rossiyaning Ukrainada tasdiqlangan yo‘qotishlari 115 mingdan oshdi | Vaqt.uz