add

Rossiyaning Ukrainadagi tasdiqlangan yo‘qotishlari 134 ming nafardan oshdi

04.10.2025 | 19:3137044

BBC va «Mediazona» aniqlagan ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina urushida halok bo‘lgan rossiyalik harbiylar soni 134 mingdan oshgan, ammo real raqamlar ancha yuqori.

Rossiyaning Ukrainadagi tasdiqlangan yo‘qotishlari 134 ming nafardan oshdi
Ukrainaga qarshi urushda Rossiyaning tasdiqlangan yo‘qotishlari kamida 134 125 nafarni tashkil etdi. Bu haqda BBC va «Mediazona» xabar berdi. Tekshiruvchilar ma’lumotlarni ochiq manbalar, mahalliy ommaviy axborot vositalari va volontyorlar yordamida aniqlagan. Faqatgina 19 sentyabrdan 3 oktyabrgacha frontda 1008 nafar rossiyalik askar halok bo‘lgani qayd etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p yo‘qotish Boshqirdiston (6707 kishi) va Tataristonda (6029 kishi) kuzatilmoqda. Jurnalistlar ta’kidlashicha, 2023 yil oktyabridan beri Rossiyaning kunlik yo‘qotishlari 120 nafardan kamaymagan. Tahlillarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 54 foizi urush boshlangunga qadar harbiy xizmat bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxslardir. Ular orasida ko‘pchiligini mobilizatsiya qilinganlar, zindonidan jalb etilganlar va ixtiyoriy kontrakt tuzganlar tashkil qiladi. Hozirda frontda halok bo‘layotganlarning qariyb uchdan bir qismi (29 foizi) — urush boshlangandan so‘ng kontrakt tuzgan ixtiyoriylar. 2023 yilda bu ko‘rsatkich 14 foizdan oshmagan edi. Shuningdek, qamoqxonalardan urushga jalb etilgan mahbuslar yo‘qotishlarda ikkinchi o‘rinda (14 foiz) turibdi. Mobilizatsiya qilinganlar esa 11 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga, jurnalistlar bu ko‘rsatkich ham pasaytirib ko‘rsatilishi mumkinligini ta’kidlamoqda, chunki ko‘p nekrologlarda harbiy maqomi yozilmagan. Urush boshlangandan beri 5847 nafar rus ofitserining, jumladan, 150 polkovnik va 12 generalning halok bo‘lgani ma’lum. Tahlilchilar haqiqiy yo‘qotishlar ancha ko‘proq ekanini ta’kidlaydi. Ularga ko‘ra, ommaviy axborotda qayd etilgan qurbonlar umumiy raqamning 45–65 foizinigina tashkil etadi. Demak, Rossiyada urush qurbonlari soni 206 mingdan 298 ming nafargacha yetishi mumkin. Shuningdek, Rossiya 2022 yildan beri ma’lumot bermay qo‘ygan «DNR» va «LNR» qurbonlarini hisobga olganda, umumiy yo‘qotishlar 227 mingdan 322 ming nafargacha yetishi ehtimol qilinmoqda.

Teglar

Mavzuga oid