
Rossiyaning «xufiyona armiyasi»: Ukraina urushida markaziy osiyolik migrantlar halok bo‘lmoqda
25.06.2025 | 15:45409213
Ukrainadagi urush bir qancha frontlarda kechmoqda. Ammo Rossiyaning ichida ham hayot uchun kurash ketmoqda: deportatsiya markazlari, migratsiya idoralari va qurilish ob’ektlari orqali minglab markaziy osiyolik migrantlar o‘zlariniki bo‘lmagan urushga yollanmoqda yoki majburiy ravishda jalb etilmoqda.

Atlantic Councilʼning Ukraina Mudofaa vazirligi huzuridagi «Xochu jit» («Yashashni istayman») loyihasi ma’lumotlariga tayanib yozishicha, ayni paytda Rossiya qurolli kuchlari safida uch mingdan ortiq Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari xizmat qilmoqda.
Rossiya asosan o‘z hududlaridagi ichki manbalar — ayniqsa, etnik ozchiliklar hisobiga armiyasini to‘ldirib keladi. Biroq, agar «Xochu jit» loyihasining ma’lumotlari to‘g‘ri bo‘lsa, markaziy osiyoliklar hozir Rossiya tomonida urushda qatnashayotgan xorijliklar orasida ikkinchi eng yirik guruhni tashkil qilmoqda — birinchi o‘rinda KXDRdan yollangan taxminan 11 ming nafar askar turadi. Biroq so‘nggi haftalarda ularning deyarli yarmi jangda halok bo‘lgani aytilmoqda, qolganlari esa frontdan g‘oyib bo‘lgan.
Rossiyaning «xarjlanadigan» askarlari
«Xochu jit» hisoboti keltirgan raqamlar dahshatli:
- 1110 nafar o‘zbekistonlik harbiyga jalb etilgan; ulardan 109 nafari halok bo‘lgan.
- 931 nafar tojikistonlik; 196 nafari o‘lgan.
- 360 nafar qirg‘izistonlik; 38 nafari halok.
- 170 nafar turkmanistonlik; 27 nafari halok bo‘lgan.





