add

Rossiyaning «xufiyona floti» dunyo tanker bozorini izdan chiqarmoqda

22.09.2025 | 17:309513

Har oltinchi neft tankeri Moskvaga sanksiyalarini aylanib o‘tish uchun xizmat qilmoqda. Bu xavfli tendensiya nimalarga olib kelishi mumkin?

Rossiyaning «xufiyona floti» dunyo tanker bozorini izdan chiqarmoqda
S&P Global tahliliy kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Rossiyaning «xufiyona floti»ga dunyo bo‘ylab harakatlanayotgan neft tankerlarining 17 foizi kiradi. New York Times nashrining yozishicha, bu jahondagi har oltinchi tanker degani. 2025 yil boshidan flot deyarli ikki barobarga o‘sib, 940 taga yetdi. Ular asosan 20 yildan ortiq xizmat muddatiga ega eski kemalar bo‘lib, butun dunyoda neft tashuvchi tankerlarning o‘rtacha yoshi 13 yil atrofida. Ekspertlar ta’kidlashicha, bu kema parklarining asosiy xususiyati — sug‘urta va to‘liq texnik xizmat ko‘rsatuvning yo‘qligi, mulkchilik sxemalarining noaniqligi. Bundan tashqari, tankerlar sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun portlarga kirmaydi, okean o‘rtasidayoq neftni boshqa kemalarga quyib beradi va geolokatsiya ma’lumotlarini soxtalashtiradi. New York Times nashrining qayd etishicha, bu nafaqat xalqaro qonunlarni buzish, balki yirik ekologik fojialar xavfini ham kuchaytiradi. Chunki eski kemalarning texnik holati pastligi neft to‘kilishi va dengizda keng miqyosli ifloslanishlarga olib kelishi mumkin. Ayni paytda Yevropa Ittifoqi, AQSH va Britaniya sanksiyalar yordamida Rossiya neft floti kema parklarining yarmidan ko‘prog‘ini qamrab oldi. Ammo tahlilchilar ta’kidlashicha, «xufiyona flot»ning hozirgi o‘sish sur’ati sanksiyalarning samaradorligini sezilarsiz darajaga tushirishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid