add

Rublga nimalar bo‘lmoqda? Dollar kursi 85, yevro esa 100 rublga yaqinlashdi

10.09.2025 | 17:4039604

So‘nggi kunlarda Rossiya valyutasi bilan bog‘liq vaziyat keskin o‘zgardi. Ekspertlar bu katta ko‘ngilsizliklarning faqat boshlanishi bo‘lishi mumkin, deya ogohlantirmoqda.

Rublga nimalar bo‘lmoqda? Dollar kursi 85, yevro esa 100 rublga yaqinlashdi
Moskvada, 10 sentyabr kuni rubl bir necha oy ichidagi eng past ko‘rsatkichlarga tushdi. Foreks bozorida dollar kursi 85,26 rublgacha chiqdi — bu so‘nggi besh oyda birinchi marta qayd etilgan yuqori ko‘rsatkich. Yevro esa 99,77 darajaga yetdi — bu ham yarim yillik rekord. Shu bilan birga, Mosbirja maydonida yuan/rubl kurs ham 11,95gacha tushib, rubl  uchun eng zaif nuqta qayd etildi. Moskva vaqti bilan 14:00da yuan/rubl kursi Mosbirjada 11,92 so‘m atrofida, rubl yana 1,3 foiz qurbini yo‘qotdi. Foreksda dollar/rubl 84,90 so‘m bo‘ldi, bu esa 1,4 foizlik pasayish demakdir. Yevro/rubl kursi ham 1,3 foizga tushdi. Birja fyucherslaridagi o‘zgarishlar shunga o‘xshash sur’atlarda davom etmoqda. Tahlilchilar bunga bir necha omillar sabab bo‘layotganini aytishmoqda. Jumladan, Polsha havo hududiga kirib borgan 14 ta dron NATO ko‘magida urib tushirilganidan so‘ng, xavfsiz aktivlarga talab oshib, rublga bosim yanada kuchaydi. Donald Trampning Yevropa Ittifoqini Xitoy va Hindiston tovarlariga 100 foizlik boj joriy etishga chaqiruvi ham vaziyatni taranglashtirmoqda. Bundan tashqari, Yevropa komissiyasi juma kuni Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 19-paketini taklif qilishi mumkin. Valyuta tushumini majburiy sotish talabining bekor qilinishi, soliqlardan keyin tushum kamayishi va mavsumiy importer faolligining ortishi ham rubl uchun salbiy muhit yaratmoqda. Markaziy bank 13 sentyabr kuni foiz stavkasini 16 foizga tushirish haqida e’lon qilishi mumkin. Bu qaror rubl aktivlarining jozibadorligini kamaytiradi. Ammo neft narxining o‘sishi va Rossiya Markaziy bankining kunlik yuan sotuvlari (10,34 mlrd rubl) qisqa muddatli qo‘llab-quvvatlovchi omil bo‘lishi mumkin.  

Teglar

Mavzuga oid