
Ruminiya vaqtincha LUKOIL aktivlarini nazoratga olishi mumkin
Ruminiya prezidenti Nikushor Dan LUKOIL'ning Petrotel neftni qayta ishlash zavodi vaqtincha hukumat nazoratiga o‘tishi mumkinligini ma’lum qildi.

LUKOIL kompaniyasiga qarashli Petrotel neftni qayta ishlash zavodi ma’lum muddat davomida hukumat nazoratiga o‘tishi mumkin. Bu haqda Ruminiya prezidenti Nikushor Dan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
«Shunday imkoniyat borki, u maxsus qonuniy asoslarni talab qiladi, bunda neftni qayta ishlash zavodi cheklangan muddat davomida Ruminiya davlati nazoratiga o‘tishi mumkin», - dedi u.
Prezident ta’kidlashicha, mamlakatda strategik ahamiyatga ega korxonalarni baholash bo‘yicha maxsus komissiya faoliyat yuritmoqda. Buxarest LUKOIL'ning mahalliy aktivlarini sotib olishdan manfaatdor, ammo bu jarayonga shoshilmaslik kerak.
Dan Rossiya kompaniyasi Ruminiyada neftni qayta ishlash zavodi va yoqilg‘i quyish shoxobchalariga egalik qilishini eslatib o‘tdi.
«Aynan neftni qayta ishlash zavodi muhim, u hozirda texnik xizmat ko‘rsatish uchun to‘xtatilgan va bir necha haftadan so‘ng qayta ishga tushiriladi», - dedi u.
Prezident, shu bilan birga, zavodning to‘xtatilishi mamlakatning yoqilg‘i ta’minotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaganini qayd etdi. Ammo agar korxona faoliyatni to‘xtatsa, Ruminiya tashqi bozordan neft mahsulotlarini ko‘proq import qilishga majbur bo‘lishini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, AQSH Moliya vazirligi yaqinda “Lukoyl” va uning sho‘ba tuzilmalarini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan edi. Qo‘shma Shtatlar kompaniyaga operatsiyalarni yakunlash uchun bir oy muhlat berdi. Bu holat ortidan LUKOIL o‘zining xalqaro aktivlarini sotish rejasini bildirgandi.
Avvalroq Shveysariyaning Gunvor Group treyderi «LUKOIL International GmbH»ni sotib olish bo‘yicha taklif bergan, ammo 7-noyabr kuni kompaniya bu rejadan voz kechganini ma’lum qildi. Bu qaror AQSH Moliya vazirligi Gunvor'ni Rossiya bilan aloqalar haqida ogohlantirganidan keyin qabul qilingan.
LUKOIL hozirda 11 mamlakatda aktivlarga ega, jumladan, Bolgariya, Ruminiya va Niderlandiyadagi neftni qayta ishlash zavodlari, Yevropa va Osiyodagi yoqilg‘i shoxobchalari hamda Misr, Iroq va O‘zbekistondagi qazib olish loyihalari shular jumlasidandir.
Avvalroq Yaqinda AQSH Moliya vazirligi Amerikaning yangi sanksiyalar paketiga LUKOIL va uning sho‘ba tuzilmalarini kiritdi. Qo‘shma Shtatlar LUKOIL va uning 50 foizi va undan ko‘p ulushga ega bo‘lgan sho‘ba korxonalari bilan operatsiyalarni yakunlash uchun bir oy muhlat berdi. Shundan so‘ng, LUKOIL cheklov choralari joriy etilishi munosabati bilan o‘zining xalqaro aktivlarini sotish niyatida ekanligini ma’lum qildi.
30-oktabr kuni LUKOIL Gunvor group xalqaro neft treyding kompaniyasidan Rossiya kompaniyasining xorijiy aktivlariga egalik qiluvchi LUKOIL International GmbH kompaniyasini sotib olish bo‘yicha taklif olganini e’lon qildi. Ta’kidlash joizki, Shvetsariyaning Gunvor Group xomashyo treyderiga rossiyalik oligarx Gennadiy Timchenko va uning shvetsiyalik hamkori Torbern Ternkvist asos solgan.
Biroq, 7-noyabr kuni Gunvor o‘z taklifini qaytarib olishini ma’lum qildi. Kompaniya ushbu bayonotni AQSH Moliya vazirligi uning Rossiya bilan aloqalari haqida xabar berganidan va Rossiya-Ukraina urushi davom etayotgan bir paytda Gunvor biznes yuritish uchun litsenziya olmasligi to‘g‘risida ogohlantirganidan so‘ng berdi.
LUKOIL 11 mamlakatda, jumladan, Bolgariya, Ruminiya va Niderlandiyadagi neftni qayta ishlash zavodlari, Yevropadagi AYQSH tarmog‘i, Ozarboyjon, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Iroq, Misr, BAA, shuningdek, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlaridagi neft qazib olish loyihalari kabi aktivlarga egalik qiladi.





