add

Rus tilini bilmagan bolani maktabga kiritmaslik — «bema’nilik» — Tatariston prezidenti

24.08.2025 | 23:0014602

Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov Rossiyada qabul qilingan, rus tilini bilmagan muhojir bolalarni maktabga qabul qilmaslik haqidagi qonunni keskin tanqid qildi. U bu haqda 22 avgust kuni Innopolisda o‘tgan ta’lim va fan xodimlari yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Rus tilini bilmagan bolani maktabga kiritmaslik — «bema’nilik» — Tatariston prezidenti
Minnixanovning ta’kidlashicha, bolani maktabga kiritmaslik uni jamiyatdan uzib qo‘yish demakdir. «Axir bolani maktabga kiritmasangiz, u qayerda yuradi? Tilni bilmagani uning aybi emas. Har qanday bola uch-to‘rt oyda tilni o‘rganib oladi. Bu mutlaqo bema’nilik», — dedi u. Uning fikricha, muhojirlar mamlakat uchun muhim mehnat resursidir va ular bilan tizimli ish olib borish zarur. Hozirgi kunda Totoriston maktablarida 3 mingdan ortiq, oliy ta’lim muassasalarida esa 22 mingdan ziyod xorijlik talabalar tahsil olmoqda. Minnixanov muhojir bolalarining rus tilini tezroq o‘zlashtirishi uchun maxsus kurslar tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. U bolalarga ehtiyotkorlik va insoniy munosabatda bo‘lish lozimligini alohida ta’kidladi. Ma’lumot uchun, mazkur qonun 2025 yil 1 apreldan kuchga kirgan bo‘lib, unga ko‘ra, muhojirlarning farzandlari maktabga qabul qilinmasdan oldin rus tilidan test topshirishi shart qilib belgilangan.

Teglar

Mavzuga oid