add

«Ruslar faqat kuch tilini tushunadi. Yevropa birlashishi zarur» — Viktor Orban

09.06.2025 | 22:009024

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Rossiya xalqaro maydonda faqat kuch namoyishiga javob qaytarishini aytdi va Yevropa o‘z salohiyatini oshirishi kerakligini ta’kidladi.

«Ruslar faqat kuch tilini tushunadi. Yevropa birlashishi zarur» — Viktor Orban
Bu haqda u Fransiyaning LCI telekanaliga bergan интервюсида ta’kidlab o‘tdi.
«Menimcha, ruslar faqat kuch tilini tushunadilar… Yevropa uzoq muddatda mustahkamlanishi shart, Rossiya bilan strategik kelishuv zarur», — dedi Orban.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada Ukrainaga taslim bo‘lishni majburlash uchun yetarli kuch yo‘q, demak, mojaro yanada kengayishi ehtimoli past.
«Ruslar bunga juda ojiz. Ular hatto Ukrainani mag‘lub eta olmayaptilar, shunday ekan, NATOga hujum qilish ham ular qo‘lidan kelmaydi», — deb ta’kidladi u.
Shu bilan birga, Orban yana Kiyevni NATO yoki Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishga arzimaydi, deb hisoblashini bildirdi. U bu nuqtayi nazarini Ukrainaga a’zolik holatida Vengriya va YeI Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri urush xavfi ostida qolishi bilan izohladi.
«Biz ukrain tarixini fransuzlarga nisbatan yaxshiroq tushunamiz… Biz ruslarni sevmasligimiz mumkin, lekin ular bilan kelishishimiz kerak», — dedi Orban.
U avval ham Ukraina urushdan so‘ng Rossiya va NATO o‘rtasidagi «bufer hudud»ga aylanishini aytgan edi. Shuningdek, Orban Yevropa yetakchilarini Vladimir Putin bilan muzokaralarni qayta tiklashga chaqirgan, chunki, uning fikricha, Ukrainadagi urushni tinch yo‘l bilan hal qilish busiz imkonsiz. Orban va Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso Yevropada Vladimir Putinning asosiy siyosiy tarafdorlari sifatida taniladi. Ular Rossiyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishi va Ukrainaga yordam tashabbuslari to‘xtatilishi tarafdori bo‘lib kelmoqda. Politico nashri aprel oyida xabar qilganidek, bir qator YeI davlatlari bu kabi qarshiliklarni bartaraf etish maqsadida Moskvaga nisbatan cheklovlarni milliy darajada muhokama qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Agar yetakchi davlatlar bu taklifni amalga oshirsa, Vengriya YeI qarorlarini bloklash imkoniyatini yo‘qotishi mumkin.  

Teglar

Mavzuga oid