add

Rustam Mirzayev ichki ishlar vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

Bugun 16:051 daqiqa

Prezident farmoni bilan Rustam Ravshanovich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Prezidenti Administratsiyasida ishlagan.

Rustam Mirzayev ichki ishlar vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni va qaroriga muvofiq Rustam Ravshanovich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi.

Rustam Mirzayev 2025 yil iyul oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Ushbu tayinlov munosabati bilan u Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparatidagi kompleks axborot-targ‘ibot va mafkuraviy tadbirlarni amalga oshirish shu’basi mudiri lavozimidan ozod etilgan.

Teglar

Mavzuga oid