add

Ruxsatnoma olish uchun 200 ming dollargacha «xarajat» da’vosiga Qurilish vazirligi izoh berdi

04.09.2025 | 10:4529654

Tadbirkorning qurilishga ruxsat olish uchun 200 ming dollar, Toshkent viloyatida esa 100 ming dollargacha xarajat ketishi haqidagi bayonotiga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi javob berdi.

Ruxsatnoma olish uchun 200 ming dollargacha «xarajat» da’vosiga Qurilish vazirligi izoh berdi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tadbirkor Usmonjon Abdusamatovning «ruxsatnomalarni rasmiylashtirishda har bir uyga $200 minggacha qo‘shimcha xarajat ketadi» mazmunidagi bayonotiga izoh berdi. 29 avgust kuni bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotdan so‘ng vazirlik jarayonlar raqamlashtirilgani, korrupsiya xavflari minimallashtirilgani va ortiqcha mablag‘ talab qilish amalda istisno etilishini ta’kidladi. Ma’lum qilinishicha, qurilishga oid barcha davlat xizmatlari va to‘lovlar faqat elektron formatda amalga oshiriladi. Arizalar my.gov.uz portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi, barcha bosqichlarda ariza beruvchi bilan davlat xizmatchisi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga yo‘l qo‘yilmaydi. Vazirlikka ko‘ra, byurokratik to‘siqlar qisqartirilgan, inson omillari kamaytirilgan va «Shaffof Qurilish» milliy axborot tizimi orqali ruxsat olishdan tortib, ob’ektni foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan jarayonlar to‘liq monitoring qilinadi. Jarayonlar Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi VMQ-200 qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlar asosida tartibga solinadi. Shu bilan birga, Prezidentning 2023 yil 26 iyuldagi hamda hukumatning 2024 yil 25 martdagi qarorlariga muvofiq, Toshkent shahrida qurilish hajmining har bir metr kubi uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im joriy etilgan. Byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan ob’ektlar, yakka tartibdagi turar joylar, nodavlat bog‘cha va maktablar bundan mustasno. Tushumlar to‘liq shaharni rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Vazirlik qurilishda korrupsion holatlarga duch kelgan tadbirkorlar va fuqarolarni komplayens bo‘limlari, ishonch telefonlari va Telegram boti orqali murojaat qilishga chaqirdi. Avvalroq qurilish sohasidagi norasmiy ishchilar, soliq va kadastr tizimidagi korrupsion holatlar hamda iqtisodchilar munosabati haqida маълумот bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Ruxsatnoma olish uchun 200 ming dollargacha «xarajat» da’vosiga Qurilish vazirligi izoh berdi | Vaqt.uz