add

Saakashvili qamoqxonaga qaytarildi

Bugun 11:55271

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili davolanayotgan klinikasidan qamoqxonaga qaytarildi.

Saakashvili qamoqxonaga qaytarildi

Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining ahvoli qoniqarli bo‘lgani va endi statsionar davolanishga muhtoj emasligi sabab, u fuqarolik sektori klinikasidan chiqarilib, 12-sonli axloq tuzatish muassasasiga qaytarildi. Bu haqda Gruziya Maxsus penitensiar xizmatining bayonotida aytilgan.

Saakashvili 2021 yil 1-oktabrda hibsga olinganidan beri qamoqxona kamerasida jami yarim yildan kamroq vaqt o‘tkazgan, qolgan vaqtini esa klinikalarda o‘tkazgan.

Hibsga olinganidan so‘ng e’lon qilgan 50 kunlik ochlik tutishi oqibatida uning sog‘lig‘i yomonlashgani bois, Saakashvili dastlab qamoqxona shifoxonasida, keyin harbiy gospitalda, 2022 yil mayidan boshlab esa «Vivamed» klinikasida davolangan.

Teglar

Mavzuga oid

Saakashvili qamoqxonaga qaytarildi | Vaqt.uz