add

Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasi rahbari bo‘ldi

23.06.2025 | 21:4449862

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

Saida Mirziyoyeva Prezident Administratsiyasi rahbari bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Prezident Administratsiyasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritildi. Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar Saida Mirziyoyeva esa Prezident yordamchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi 2023 yil avgust oyida tugatilgandi. 2022 yil iyul oyidan beri mazkur lavozimda ishlab kelgan Sardor Umurzoqov ishdan olinib, Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Teglar

Mavzuga oid