add

Saida Mirziyoyeva Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti bilan uchrashdi

14.10.2025 | 12:308512

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti bilan uchrashdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning ochiqlik siyosati va mamlakat farovonligini oshirishga qaratilgan islohotlari tufayli O‘zbekiston va YeTTB munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Bank ko‘magida irrigatsiya va «yashil iqtisodiyot» sohalarida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Saida Mirziyoyeva «Women in Business» va «Youth in Business» dasturlari orqali ko‘plab xotin-qizlar hamda yoshlarning hayotida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berayotganini ta’kidladi. Shuningdek, Qoraqalpog‘istonda barqaror rivojlanishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorlik ham yuksak baholandi. Uchrashuvda Markaziy Osiyo davlatlarining yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ishonch muhitini mustahkamlash bo‘yicha sa’y-harakatlari natijasida mintaqada hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilayotgani ta’kidlandi. «Ishonchim komilki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan sheriklik nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqaning barqaror rivojiga xizmat qiladi», — dedi Saida Mirziyoyeva.

Teglar

Mavzuga oid