add

Samarqand uchun 2030 yilgacha yo‘l xaritasi tasdiqlandi

08.08.2025 | 21:4539722

Prezident qaroriga muvofiq, yangi tashkil etiladigan «Samarqand Invest kompaniyasi» davlat va tadbirkorlar o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarishi kutilmoqda.

Samarqand uchun 2030 yilgacha yo‘l xaritasi tasdiqlandi
2025 yil 7 avgust kuni qabul qilingan PQ–244-sonli Prezident qarori bilan Samarqand viloyatini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari belgilab berildi. Hujjatga ko‘ra, viloyatdagi yalpi hududiy mahsulot hajmi 165 trln so‘mga yetkazilishi maqsad qilingan. Shuningdek, sanoat va xizmatlar sohalarida jami 6,8 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi. Turizm, sanoat va xizmatlar eksporti hajmi esa 3,5 mlrd dollargacha oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Qarorda viloyat hokimligi muassisligida «Samarqand Invest kompaniyasi» AJ tashkil etilishi belgilandi. U davlat va tadbirkorlar o‘rtasida muloqot ko‘prigi sifatida faoliyat yuritadi. Kompaniyaning alohida yo‘nalishlar bo‘yicha loyiha ofislarini tashkil etish va ularni moliyalashtirish masalalari uning muassisi tomonidan belgilanadi.

Teglar

Mavzuga oid