add

Samarqand viloyatida eng kup tug‘ilish qayd etildi

2025 yilning dastlabki to‘rt oyida O‘zbekiston bo‘yicha 266 mingdan ortiq tirik tug‘ilish holati ro‘yxatga olindi. Statistikaga ko‘ra, Samarqand viloyati bu borada eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.

Samarqand viloyatida eng kup tug‘ilish qayd etildi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-aprel oylari mobaynida respublika bo‘yicha 266 478 ta tirik tug‘ilish holati FHDYO organlarida qayd etilgan. Tug‘ilishlar soni bo‘yicha yetakchi hudud – Samarqand viloyati bo‘lib, u yerda 32 118 nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Samarqanddan keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati (30 371 tug‘ilish) va Qashqadaryo viloyati (29 792 tug‘ilish) joylashgan. Eng kam tug‘ilish holatlari esa Sirdaryo viloyatida qayd etilgan – bu yerda 6 634 ta tirik tug‘ilish holati ro‘yxatga olingan. Shuningdek, Navoiy viloyati (7 367 ta) va Jizzax viloyati (11 787 ta) ham nisbatan past ko‘rsatkichlarga ega. Toshkent shahrida 20 023 nafar chaqaloq tug‘ilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich viloyatlar bilan taqqoslanganda o‘rtacha darajada hisoblanadi. Poytaxtdan tashqaridagi Toshkent viloyatida esa 20 698 tug‘ilish qayd etilgan. Mazkur ma’lumotlar mamlakatdagi aholi o‘sish dinamikasi va hududlar bo‘yicha demografik holatni tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Teglar

Mavzuga oid

Samarqand viloyatida eng kup tug‘ilish qayd etildi | Vaqt.uz