add

Samarqandda harbiy qism yerini 600 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

29.08.2025 | 08:0016902

Kattaqo‘rg‘on tumanida sobiq harbiy qismining yerini 600 ming dollarga pullab yuborishga bo‘lgan urinishga chek qo‘yildi.

Samarqandda harbiy qism yerini 600 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida joylashgan, hokimlik zaxirasida bo‘lib turgan sobiq harbiy qism hududidagi 12,7 gektar yer maydonini fuqaro B.X. rasmiylashtirib berish va’dasi bilan 600 000 dollar talab qilgan, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura. Bu haqda viloyat IIBB JQB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga murojaat kelib tushgan. Fuqaro L.E. bergan ariza asosida viloyat prokuraturasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida, fuqaro B.X. so‘ralgan 600 ming dollardan 40 000 AQSH dollarini avans sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari boshlangan. Avvalroq Samarqand shahrida insonlarning ishonchiga kirib, ularni 28 ming dollar evaziga Meksika orqali AQSHga yuborishni va’da qilgan fuqaro qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

undefined | Vaqt.uz