add

Samarqandda og‘ilxonadan 25 kg marixuana topildi

10.09.2025 | 10:3018432

Samarqandda o‘tkazilgan reydlarda Pastdarg‘omdagi uy og‘ilxonasidan 25 kg marixuana, Urgutdagi hovlidan esa qariyb 1 kg opiy topilgan.

Samarqandda og‘ilxonadan 25 kg marixuana topildi
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi ichki ishlar va bojxona organlari bilan hamkorlikda narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi qator tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi. Urgut tumanida yashovchi 1992 yil tug‘ilgan fuqaroning xonadoni tekshirilganda, hovlidagi daraxt tagiga Tojikistondan noqonuniy ravishda olib kelingan umumiy og‘irligi 960 gramm «opiy» moddasi topilgan va ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan. Pastdarg‘om tumanida esa boshqa bir 1971 yil tug‘ilgan fuqaroning xonadoni ko‘zdan kechirilgan. Tekshiruvda og‘ilxonada saqlanayotgan 25 kg 520 gramm «marixuana» giyohvandlik o‘simligi topilib, davlat organlari tomonidan musodara qilingan. Hozirda har ikki holat bo‘yicha mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish...) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Teglar

Mavzuga oid