add

Samarqandda shifokorlar bemor tanasidan deyarli 200 gramm mixni olib tashladi

06.01.2026 | 22:441 daqiqa

Bemor ularni yutib yuborgan. Operatsiya bir soatcha davom etgan.

Samarqandda shifokorlar bemor tanasidan deyarli 200 gramm mixni olib tashladi

Kecha, 5-yanvar kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga qorin sohasida kuchli og‘riq bilan 29 yoshli fuqaro yotqizilgan. Shifokorlar bemorning tanasidan deyarli 200 gramm mix va samorezlarni olib tashlashga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda «Zarnews» xabar berdi.

Qayd etilishicha, tashxis qo‘yish va laboratoriya tekshiruvlari natijalariga ko‘ra, bemorning oshqozon-ichak traktida ko‘p miqdorda metall buyumlar — mixlar va sanchqilar borligi aniqlangan.

«Shoshilinch jarrohlik amaliyotini o‘tkazish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Barcha tayyorgarlik muolajalari bajarilgandan so‘ng laparotomiya va gastrostomiya operatsiyasi o‘tkazildi. Bemorning qorin bo‘shlig‘idan anchagina metall buyumlar - taxminan 200 gramm chiqarib olishga muvaffaq bo‘lindi. Operatsiya bir soatcha davom etdi», - degan tibbiyot markazi oliy toifali shifokori Yo‘ldosh Quliyev.

Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak kuchli stress ta’sirida bo‘lgan va o‘z harakatlarini nazorat qila olmay, yuqoridagi narsalarni yutib yuborgan. Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli, bemalol harakatlana olishi aytilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid